Shafqatsiz va dilni xira qiluvchi kontent

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Insonlarning dilni xira qiluvchi va zoʻravonlik aks etgan tasvirlarga nisbatan taʼsirchanlik darajasi bir-biridan farq qilishini ham tushunamiz. Foydalanuvchilarni bunday kontentdan himoyalash uchun biz eng dilni xira qiluvchi kontentni olib tashlaymiz va boshqa turdagi kontentga ogohlantirish yorliqlarini biriktiramiz, shunda odamlar bunday kontent ustiga bosishdan oldin uning dilni xira qilishi yoki bezovta qilishi mumkinligini tushunadi. Biz yosh foydalanuvchilarga toʻgʻri kelmaydigan yoki yoshiga mos kelmaydigan kontentni ko‘rish imkoniyatini cheklaymiz. Bu bilan biz foydalanuvchilarga mos keladigan foydalanuvchi tajribasini taqdim etishni maqsad qilganmiz, shu bilan birga foydalanuvchilarimizning o‘z fikrlarini bildirishlari uchun joy taqdim etishda davom etamiz.
Foydalanuvchilar inson huquqlarining buzilishi yoki qurolli to‘qnashuv kabi xatti-harakatlarni yoritish yoki qoralash maqsadida kontent ulashishi mumkinligini tan olamiz. Qoidalarimiz ushbu kontekstda kontent ulashilishini hisobga oladi va tegishli muhokama va xabardorlikni oshirishga imkon beradi.
Pullik reklama uchun qo‘shimcha himoya vositalarini taqdim etamiz. Masalan, nozik deb hisoblangan kontentni reklamalarda aks ettirish mumkin emas. Qolaversa, reklamalarga shokka tushiruvchi, dahshatli yoki boshqa shov-shuvli rasm va videolarni kiritishni taqiqlaymiz. Batafsil axborot uchun Reklama standartlari bilan tanishing.
Quyidagilarni joylash taqiqlanadi:
Insonlar tasviri
Agar quyidagilar aks etgan boʻlsa, tirik yoki vafot etgan insonlarning tibbiyotga aloqador boʻlmagan kontekstdagi videolari:
  • Tanani boÊ»laklarga boÊ»lish.
  • Tirik yoki vafot etgan insonlarning ichki aʼzolari, masalan, ochilib qolgan aʼzolari, suyagi yoki mushak toÊ»qimalari;
  • Kuyayotgan yoki kuygan insonlar; yoki
  • BoÊ»gÊ»izlash.
Oʻlim jazosining jonli translatsiyalari.
Sadistik izohlar
Sadistik izohlar – bu insonlar yoki hayvonlarning azob chekishi yoki tahqirlanishidan zavqlanish yoki rohatlanishni ifoda etuvchi sharlar, masalan, izohlar yoki fikrlardir.
Quyidagilar olib tashlanadi
  • Ushbu siyosat asosida kontent nozik boÊ»lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish ekrani qoÊ»shilgan tasvirga (ham videolar, ham rasmlar) nisbatan bildirilgan sadistik izohlar; bu tasvirda oÊ»zini himoya qilish harakatlari (masalan, biror kishining qurollangan bosqinchilikdan oÊ»zini himoya qilayotgan videosi) aks etgan yoki u tibbiy kontekstda (masalan, jarrohlik amaliyotini bajarayotgan tibbiyot xodimlari tasviri) ulashilgan hollar bundan mustasno.
  • Biror tasvirda aks etgan hayvonlarning azob chekishi va oÊ»layotgan hayvonlar aks etgan tasvirlarga nisbatan bildirilgan ochiq sadistik izohlar.
  • Ushbu siyosatga muvofiq tarzda oÊ»chirilgan yoki ogohlantirish ekrani ortiga berkitilgan tasvirlarni taklif qilish yoki soÊ»rash, agar sadistik izohlar mavjud boÊ»lsa.
Odamlarni kontent dilni xora qilishi mumkinligidan xabardor qilish uchun quyidagi kontentga ogohlantirish ekrani kiritiladi. Bundan tashqari, bu kontentni faqat 18 yosh yoki undan kattalar koʻrishi mumkin qilib cheklaymiz:
Insonlar tasviri
Agar quyidagilar aks etgan boʻlsa, tirik yoki vafot etgan insonlarning tibbiy kontekstdagi videolari:
  • Tanani boÊ»laklarga boÊ»lish.
  • Tirik yoki vafot etgan insonlarning ichki aʼzolari, masalan, ochilib qolgan aʼzolari, suyagi yoki mushak toÊ»qimalari;
  • Kuyayotgan yoki kuygan insonlar, jumladan, krematsiya kontekstida; yoki
  • BoÊ»gÊ»izlash.
Agar quyidagilar aks etgan boʻlsa, tirik yoki vafot etgan insonlarning rasmlari:
  • Tanani boÊ»laklarga boÊ»lish.
  • Tirik yoki vafot etgan insonlarning ichki aʼzolari, masalan, ochilib qolgan aʼzolari, suyagi yoki mushak toÊ»qimalari;
  • Kuyayotgan yoki kuygan insonlar; yoki
  • BoÊ»gÊ»izlash.
Insonning shafqatsizlarcha oʻlimi (jumladan, oʻlim vaqti va undan keyingi lahza) yoki hayotga tahdid soluvchi holatni (masalan, avtomobil urib yuborishi, balanlikdan yiqilish yoki boshqa ehtimoliy halokatli tan jarohatini olish) ask ettirgan tasvirlar (videolar ham, rasmlar ham).
Biror shaxsga nisbatan oʻlim jazosi ijro etilayotgan sahna aks etgan tasvirlar (jonli translatsiyalar bundan mustasno).
Biror shaxs yoki shaxslar guruhiga nisbatan sodir etilgan shafqatsiz harakatlar (masalan, zoʻravonlik harakatlari yoki majburan tutib turilgan subyektlarga halokatli tahdidlar) aks etgan tasvirlar.
Inson terini teshib oʻtayotgan tibbiy boʻlmagan obyektlar (masalan, pichoq, mix yoki boshqa obyektlar) aks etgan tasvirlar.
Biror insonning singan, qonayotgan tishlari, qon bilan birga ask etgan olib tashlangan tishlar yoki tish yoki tish etiga turli obyektlarni tiqish ask etgan tasvirlar.
Bachadondan tashqarida vafot etgan homila va chaqaloqlar aks etgan tasvirlar, agar tasvirda boshqa bir shaxs mavjud boʻlmasa.
Hayvonlar tasviri
Tanasini boʻlaklarga boʻlish, ochiq ichki aʼzolari, kuyishi yoki yonishi yoki tiriklayin qaynatilayotgani aks etgan tirik yoki oʻlgan hayvonlar tasviri.
Tirik hayvonlarning oʻlish jarayoni tasviri.
Odamlarning tirik hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik harakatlarini amalga oshirishi (masalan, tepish, cho‘ktirish yoki patlarni yulish) tasviri.
Quyidagi kontentni 18 va undan katta yoshdagi foydalanuvchilar ko‘rishi mumkin:
Insonlar tasviri
Qisman yoki umuman qoplanmagan vafot etgan insonlar tasviri, hatto shafqatsiz oʻlim belgilari koʻrinmagan boʻlsa ham.
Bachadondan tashqarida vafot etgan homila va chaqaloqlar aks etgan tasvirlar, agar tasvirda boshqa bir shaxs mavjud boʻlsa.
Emlash, igna bilan yoki quruq igna bilan davolash yoxud tatuirovka chizish yoki pirsing kontekstidan tashqari hollarda ignaning inson tanasini teshib kirishi aks etgan tasvirlar.
Tibbiy kontekstda jarohatlangan odamlarning og‘riq yoki qayg‘u, ko‘karish yoki yuzida va/yoki qo‘llarida tibbiy naychalar bilan aks etgan tasvirlar.
Inson axlati yoki tana suyuqlari (masalan, axlat, peshob, qusuq, quloq mumi, shilliq suyuqlik, teri ekstraktlarining hosilaviy mahsulotlari yoki qon) aks etgan tasvirlar.
Yonayotgan yoki portlayotgan transport vositalari aks etgan yoki katta tezlikda ketayotgan transport vositasi yoʻldan chiqib ketish natijasida boshqa obyektlarga urilishi lahzasi yoki urilganidan keyingi lahza va/yoki transport vositasi haydovchisi yoki yoʻlovchilari boʻlmalari jiddiy shikastlangani aks etgan tasvirlar.
Hayvonlar tasviri
Ko‘rinadigan qon mavjud bo‘lgan tirik yoki o‘lik hayvonlar aks etgan tasvirlar.
Hayvonlar bolalayotgani aks etgan (masalan, qon yoki ochiq ichki aʼzolar koʻrinib turgan) tasvirlar.
Hayvonlar, tirik yoki o‘lik, ulardan hasharotlar chiqayotgani ko‘rinadigan tasvirlar (masalan, qurtlar yoki chuvalchanglar).
Jarohatlangan hayvonlarning azoblanishi aks etgan tasvirlar.
Oʻylab topilgan tasvirlar
Quyidagi kontekstlarda oʻylab topilgan odamlar aks etgan tasvirlar:
  • Tanani boÊ»laklarga boÊ»lish;
  • KoÊ»rinib turgan ichki aʼzolar, masalan, ochilib qolgan aʼzolar, suyaklar yoki mushak toÊ»qimalari;
  • Kuyayotgan yoki kuygan insonlar;
  • BoÊ»gÊ»izlash; yoki
  • Shafqatsiz oÊ»limlar yoki inson hayotiga tahdid qiluvchi hodisalar.
Quyidagi kontekstlarda fotorealistik bo‘lgan (biror haqiqiy insonning rasmi yoki videosiga juda oʻxshash boʻlsa), oʻylab topilgan odamlar ask etgan tasvirlar:
  • Terini teshib oÊ»tayotgan tibbiy boÊ»lmagan obyektlar (masalan, pichoq, mix yoki boshqa obyektlar);
  • Inson axlati yoki tana suyuqlari (masalan, axlat, peshob, qusuq, quloq mumi, shilliq suyuqlik, teri ekstraktlarining hosilaviy mahsulotlari), qon bundan mustasno;
  • Vafot etgan chaqaloqlar yoki bachadon tashqarisidagi homila;
Quyidagi kontekstlarda oʻylab topilgan, lekin fotorealistik hayvonlar aks etgan tasvirlar:
  • Tanani boÊ»laklarga boÊ»lish;
  • KoÊ»rinib turgan ichki aʼzolar, masalan, ochilib qolgan aʼzolar, suyaklar yoki mushak toÊ»qimalari;
  • Kuyayotgan yoki kuygan hayvonlar;
  • Tirikligicha qaynatilayotgan hayvonlar;
  • Qon aks etgan;
  • Tirik hayvonlarning oÊ»lish jarayoni;
  • Tirik hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik harakatlarini sodir etgan shaxslar (masalan, tepish, cho‘ktirish yoki patlarini yulish);
  • Jarohatlangan hayvonlar azob chekishi
  • Ichidan hasharotlar chiqadigan hayvonlar (masalan, qurtlar yoki chuvalchanglar kabi).
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
Quyidagilar taqiqlanadi:
Agar biror shaxsning oʻlimi huquqni muhofaza qilish organlari, oʻlim haqidagi guvohnoma, ishonchli hamkor xabari yoki ommaviy axborot vositalari tomonidan tasdiqlansa va marhumning oila aʼzosi tomonidan olib tashlash soʻralsa, shaxsning shafqatsiz oʻlimi audiosi yoki tasviri.
Norozilik namoyishi sifatida oʻziga oʻt qoʻyish kontekstida insonlarning yonishi yoki kuygani videosi.
Quyidagilarga ruxsat berishimiz mumkin:
Tasvir tasodifiy bo‘lganda odamning zo‘ravonlik bilan o‘ldirilishi yoki hayoti uchun xavfli hodisa tasviri
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Maʼlumotlar
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishi haqida oxirgi hisobot koʻrish
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Shafqatsiz va dilni xira qiluvchi kontent yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring