Spam

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Biz koʻrishlar sonini sun’iy ravishda ko‘paytirish maqsadida foydalanuvchilarni aldash, chalg‘itish yoki ularga bosim oʻtkazish uchun mo‘ljallangan kontentga ruxsat bermaymiz. Bunday kontent foydalanuvchilarning platformalarimizda haqiqiy tarzda oʻzaro aloqaga kirishish imkoniyatidan chalgʻitadi va xizmatlarimizning xavfsizligi, barqarorligi va foydalanish uchun qulayligiga xavf tugʻdiradi. Shuningdek, adashtiruvchi funksiya yoki kod yordamida shubha qilmaydigan foydalanuvchilarni jalb qilish uchun aldamchi havolalarni tarqatish yoki ishonchli domen nomidan foydalanish kabi qoidalarga zid taktikalarning oldini olishga intilamiz.
Onlayn spam daromadli faoliyatdir. Yangi spam tendensiyalari va taktikalariga yetib olish uchun qoidalar va aniqlash tizimlarimiz muntazam ravishda rivojlanishi lozim. Spamga qarshi kurashish choralarini koʻrishda, hamjamiyatimizning jonli va haqiqiy faoliyatini himoya qilish bilan birga, platformalarimizda spam yaratuvchilar va tarqatuvchilar uchun xarajatlarni oshirishni muvozanatlashtirishga intilamiz.
Quyidagilar taqiqlanadi:
  • Avtomatik tarzda yoki qoʻlda bajarilishidan qatʼi nazar, juda yuqori chastotada kontentni chop etish, ulashish yoki u bilan munosabatga kirishish yoki hisob, guruh, sahifa, tadbir va boshqa obyektlarni yaratish.
    • Biz boshqa spam indikatorlari (masalan, takroriy kontentni joylash) yoki haqiqiy emaslik belgilari mavjud boʻlsa, nisbatan past chastotada faoliyat yurituvchi hisoblarga cheklovlar belgilashimiz mumkin.
  • Platforma obyektlari, masalan, hisoblar, guruhlar, sahifalar va boshqalarni sotish, sotib olish yoki ayirboshlash yoki shu harakatlarni bajarishga urinish.
  • Sayt imtiyozlari, masalan, administrator yoki moderator rollari yoki muayyan joylarga post joylash ruxsatini sotish, sotib olish yoki ayirboshlash yoki shu harakatlarni bajarishga urinish.
  • Biz tomonimizdan aniq belgilangan Brendli kontentdan tashqari, kontentni pul qiymatiga ega bo‘lgan narsaga sotishga, sotib olishga yoki almashtirishga urinish yoki buni muvaffaqiyatli amalga oshirishga urinish Brendli kontent siyosati.
  • Layk, ulashuv, koʻrish, kuzatuv, klik, maxsus heshteglardan foydalanish va shu kabi boshqa oʻzaro aloqalarni sotish, sotib olish yoki ayirboshlash yoki shu harakatlarni bajarishga urinish. Jumladan:
    • Platformadagi muayyan harakat evaziga pul yoki pul ekvivalentlaridan iborat giveaway (boshqalarga yutish imkoniyatini) taklif qilish (masalan, “Sahifamga layk bosganlar 500$ yutib olish tanloviga kiritiladi”)
    • Platformadagi muayyan harakat evaziga pul qiymatiga ega narsa taqdim qilishni taklif qilish (masalan, “Sahifamga layk bossangiz, sizga iPhone beraman!”)
  • Vaʼda qilingan kontentni koʻrishdan oldin foydalanuvchidan kontent bilan munosabatga kirishishni (masalan, layk bosish, ulashish) talab qilish yoki soʻrash.
  • Aldamchi URL, domen yoki ilovalar, jumladan, quyidagilarni ulashish:
    • Kloaking: Kloaking – bu yaxlitlik tizimlarimiz va foydalanuvchilarga qasddan turlicha platformadan tashqari kontentni (masalan, URL yoki ilovalar) taqdim qilish orqali kontentga oid siyosatlarimizni chetlab oʻtishga urinishdir.
    • Yanglishtiruvchi havolalar: Biror turdagi kontentni vaʼda qilib, butunlayn boshqa narsani taqdim qiluvchi havolani oʻz ichiga olgan kontent. Bunga vaʼda qilingan ilova yoki dasturdagi kontent ham kiradi.
    • Aldov yoʻli bilan qayta yoʻnaltirish: Kutilgan ochiluvchi sahifa kontentini ochish uchun biror harakatni (masalan, captcha kodini kiritish, reklama tomosha qilish, biror yerga bosish) talab etadigan va soʻralgan harakat bajarilgach, URL domen nomi oʻzgaradigan yoki foydalanuvchi hech qanday harakatni bajarmasa ham foydalanuvchini butunlay boshqa domenga yoʻnaltiradigan veb-sayt.
    • Layk/ulashuvli darvoza: Foydalanuvchilardan maxsus, ekskluziv kontentga kirish uchun muayyan harakatni (, layk bosish, ulashish, kuzatish yoki boshqa munosabatga kirishish harakati) bajarishni talab qilish.
    • Aldamchi platforma funksiyasi – foydalanuvchini biror havolaga kirishga undash uchun xizmatlarimizning taqlidiy xususiyat yoki funksiyasini taqdim qilish, masalan, mavjud boʻlmagan yoki kutilganidek ishlamaydigan xayriya aksiyasi, soʻrovnomalar, ijro tugmalari yoki Layk tugmasiga taqlid qilish.
    • Aldamchi ochiluvchi sahifa funksiyasi: Tasodifiy trafik yaratilishiga sabab boʻluvchi (masalan, qalqib chiquvchi ustki va ostki oynalar, klikjekiing va h.k.) adashtiruvchi foydalanuvchi interfeysiga ega veb-saytlar. Bu foydalanuvchi ochiluvchi sahifani tark etishga uringanida aloqador boʻlmagan qalqib chiquvchi oynalar paydo boʻladigan tuzoq kabi taktikalarni oʻz ichiga oladi.
    • Ochiluvchi sahifa yoki domenni soxtalashtirish – biror obro‘li brend yoki xizmatga tegishli sifatida taqdim etiluvchi, lekin aslida unday boʻlmagan tashqi veb-sayt, domen, platformadan tashqaridagi ochiluvchi sahifa yoki URL. Bunday soxta resurslar boshqa ishonchli saytga oʻxshab koʻrinadigan ochiluvchi sahifasidan foydalanib, oʻzini taniqli veb-saytlar, domenlar yoki brendlar sifatida koʻrsatish uchun imlo xatolari yoki oʻzini boshqa resurs qilib koʻrsatishning boshqa vositalarni oʻz ichiga olgan nom, domen yoki kontentdan foydalanadi.
    • URL va havolalardan yuqoridagilarga nihoyatda oʻxshash boʻlgan boshqa aldamchi usullarda foydalanish.
  • Yuqoridagilarga qaramasdan, biz quyidagilar taqiqlamaymiz:
    • Uchinchi tomonga toʻlov qilish orqali boshlanmaydigan kross-tanituv
    • Muayyan moddiy qiymat evaziga emas, aksincha, sahifa yoki guruhdagi qiziqishlar asosida administratorlik yoki moderatorlik vazifalarini bir foydalanuvchidan boshqasiga oʻtkazish.
    • Aniq brendli kontent deb belgilangan kontentni joylash yoki ulashish.
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Maʼlumotlar
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishi haqida oxirgi hisobot koʻrish
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Spam yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring