Taqiqlangan tijoriy amaliyotlar
Qoidalar haqida batafsil
OʻZGARISHLAR JURNALI
Bugun
Qoida asoslari
Biz foydalanuvchilar va kompaniyalarni aldov orqali pul, mol-mulk yoki shaxsiy maʼlumotlarning qoʻlga kiritish holatlaridan himoya qilishga intilamiz. Buning uchun biz taqiqlangan tijoriy amaliyotlardan foydalanuvchi kontent va xatti-harakatlarni taqiqlaymiz. Bunga soxta ish yoki davlat dasturi takliflari, mashhur shaxslar va brendlar qopqonlari, investitsiya sxemalari (jumladan, kafolatlangan daromadlar), qarzni kamaytirish va kreditni tuzatish sxemalari, tez boyib ketish va sovgʻa sxemalari, romantik sxemalar va xayriya sxemalari kiradi.
Firibgarlik va boshqa taqiqlangan tijoriy amaliyotlar haqida ogohlikni oshirish, ularga qarshi kurashish va ularni taqiqlashga qaratilgan kontentga ruxsat beriladi (agar bunday kontentda maxfiy maʼlumotlar oshkor etilmasa yoki bunday amaliyotlar targʻib qilinmasa).
Taqiqlangan hujjatlar va moliyaviy xizmatlarga oid qoidalar bilan tanishish uchun Cheklangan tovarlar va xizmatlar haqida Hamjamiyat qoidalari bilan tanishing.
Qoidalar ijrosini taʼminlash jarayoni mukammal emas va barcha qoidabuzarliklar aniqlanmasligi mumkin. Qanday qilib aldovchi kontentni aniqlash va oʻzingizni himoya qilish uchun nimalar qilish mumkinligi haqida batafsil bilib olish uchun Firibgarlikdan himoya markaziga kiring.
Qoidalar ijrosini taʼminlash
Biz turli ijro choralarini koʻrishimiz mumkin. Bular jumlasiga kontent va reklamalarni olib tashlash, tarqatishni kamaytirish, reklama hisoblarini cheklash, funksiyalarni cheklash, tasdiqlashni talab qilish yoki hisoblarni faolsizlantirish kiradi, lekin faqat shular bilan cheklanmaydi. Bu amallar bizning faol aniqlashimiz natijasida yoki ishonchli tashkilotlarning hisobotlari va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari (quyida tavsiflangan) asosida amalga oshirilishi mumkin.
Foydalanuvchi fikr-mulohazalari
Foydalanuvchi fikr-mulohazalari bizga foydalanuvchi taassurotini yomonlashtiradigan tijorat amaliyotlarini aniqlashga yordam beradi. Biz salbiy fikr-mulohazalarning izchilligi yoki nomutanosib hajmi kabi signallarni koʻrib chiqamiz va tegishli fikr-mulohazalarni reklama beruvchilar va sotuvchilarga ulashamiz, shunda ular oʻz kontenti va mijozlarning qoniqish darajasini yaxshilashi mumkin. Ogohlantirishlarga qaramay, salbiy fikr-mulohaza davom etsa, biz yuqoridagi choralarni koʻrishimiz, jumladan, masʼul hisob yoki tashkilotlarni cheklash yoki faolsizlantirishimiz mumkin. Bunga quyidagi kabi amaliyotlar boʻyicha qoidalar ijrosini taʼminlash chorasi kiradi:
- Adashtiruvchi yoki asossiz narxlar.
- Yetkazib bermaslik: to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng sotib olingan mahsulot yoki xizmatlarni yetkazib bermaslik.
- Mahsulotni notoʻgʻri taqdim qilish: reklama qilingan mahsulotdan jiddiy farq qiluvchi mahsulot yoki xizmatlarni targʻib qilish, jumladan, sifatda jiddiy farqlar yoki xato mahsulotlar.
- Ruxsatsiz toʻlovlar: mijozning toʻlov usulidan oldindan ruxsatsiz yoki aniq oshkor qilmasdan toʻlov olish.
- Qaytarish yoki pulni qaytarish qoidalarini buzish: belgilangan qaytarish yoki pulni qaytarish qoidalariga rioya qilmaslik.
- Aldamchi obuna amaliyoti: mijozlarni shartlarni aniq oshkor qilmasdan takroriy toʻlov rejalari yoki obuna xizmatlariga roʻyxatdan oʻtkazish.
- Qonuniy tijorat saytlariga olib boradigandek koʻrinadigan, lekin firibgarlik saytlariga olib boradigan havolalar.
Quyidagilar taqiqlanadi:
Tijoriy yoki moliyaviy foyda olish maqsadida odamlar yoki bizneslarni chalg‘itish uchun aldamchi usullardan foydalanadigan kontent, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda:
Taqiqlangan kredit kontenti
Jumladan:
- Foydalanuvchidan kredit olish uchun oldindan to‘lov talab qiladigan kredit takliflari.
- Kredit oluvchining moliyaviy axboroti kabi standart tasdiqlash mezonlariga havolalarsiz tasdiqlashni kafolatlaydigan kredit takliflari.
Taqiqlangan qimor kontenti
Jumladan:
- Haqiqiy pulli qimor o‘yinlari xizmatlarini taklif qilish ("Haqiqiy pul" - bu real dunyoda tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan real dunyo valyutasi, jumladan, AQSH dollari kabi milliy valyutalar va Bitcoin kabi virtual valyutalar):
- mukofot yutish kafolati bilan.
- oʻyin yoki match natijalarini soxtalashtirishni nazarda tutgan yoki tan olgan
- odamlardan oʻyin yoki matchni kelishishga chaqirgan yoki kelishish boʻyicha yordam yoki maslahat soʻragan
- qimor xizmatlarini aldovchi yoki noaniq usullarda targʻib qilish (masalan, qimor reklama rasmi/videosi bilan bogʻliq boʻlmagan matn)
- Ma’lum aldamchi qimor oʻyinlari sotuvchilarining xizmatlarini targʻib qiluvchi takliflar.
Qimorga taqlidan oʻynaladigan, lekin haqiqiy pul yutib olish imkoniyati mavjud boʻlmagan ijtimoiy kazino oʻyinlari Cheklangan mahsulotlar va xizmatlarga oid Hamjamiyat qoidalari bilan tartibga solinadi.
Taqiqlangan investitsiya kontenti
Jumladan:
- Investitsiyadan foyda olish yoki uning xatarlardan xoli ekanini kafolatlovchi investitsiya imkoniyatlarini taklif qilish.
- Investitsiyadan foyda olish yoki kompensatsiya qisman yoki toʻliq boshqalarni ushbu sxemaga jalb qilishga asoslangan investitsiya imkoniyatlarini taklif qilish.
- Oʻxshash kelgusi natijalar haqida umid yaratish uchun muvaffaqiyatli avvalgi samaradorlik yoki daromadlarni daʼvo qiluvchi yoki ularga ishora qiluvchi investitsiya imkoniyatlar takliflari.
- Tez foydani daʼvo qiluvchi investitsiya imkoniyatlarini taklif qilish (masalan, 24 soatdan kamroq vaqt).
- “Naqd pulni aylantirish”, “pulni aylantirish” yoki shunga oʻxshash atamalardan ochiq foydalangan holda aylantirish yoki biror taktika yoki strategiya orqali muayyan miqdordagi kichik summani katta summaga aylantirishni taklif qilish.
Taqiqlangan xayriya kontenti
Jumladan:
- Xayriya maqsadlarida firibgarlik yoʻli bilan pul yoki xayriya soʻrash.
Taqiqlangan romantik kontent
Jumladan:
- Jinsiy boʻlmagan hamrohlik yoki munosabatni qidirish orqali onlayn ishqiy munosabat oʻrnatish va evaziga pul yoki boshqa moddiy qimmatliklarni soʻrash yoki taklif qilishga urinuvchi firibgarlik.
Taqiqlangan brend yoki mashhurlar qopqoni kontenti
Jumladan:
- Brend aldov firibgarliklari, bu firibgarlik yoki tovlamachilikka urinish maqsadida odamlarni kontent bilan shug‘ullanishga undash uchun chalg‘ituvchi taktikalar bilan birga o‘rnatilgan biznes yoki tashkilotning vakili yoki ovozi bilan gapirishni yolg‘on da’vo qilishni o‘z ichiga oladi.
- Jamoat arbobining ismi, qiyofasi yoki tasviridan soxta foydalanish, shuningdek, firibgarlik yoki firibgarlikka urinish maqsadida odamlarni kontent bilan shug‘ullanishga undash uchun chalg‘ituvchi taktikalarni o‘z ichiga olgan mashhurlar aldovlari.
Tez boyib ketishga oid taqiqlangan kontent
Jumladan:
- Noaniq yoki minimal saʼy-harakatlar evaziga noreal moliyaviy mukofot imkoniyatlarini taklif qiladi.
Taqiqlangan moddiy, ruhiy yoki Illuminati kontenti
Jumladan:
- Biror uyushma, kult, diniy sektaga (masalan, Illuminati birodarlik jamiyati) aʼzo boʻlish yoki qoʻshilish evaziga pul, mahsulot yoki pul qiymatiga ega xizmatlar, jumladan, jismoniy, raqamli va virtual valyutalar yoki jismoniy yoxud raqamli mahsulot va xizmatlar kabi moddiy mukofotlarni taklif qiladi
- Qora sehr yoki jodu yoki sehrli buyumlardan (masalan, afsunlar, omad talismanlari, tumorlar, tokenlar, damlamalar, sehrli hamyon va hk.) foydalanish uchun moddiy mukofot taklif qiladi.
Taqiqlangan sugʻurta kontenti
Jumladan:
- Oldindan toʻlov (administrator badali, depozit kabi) soʻragan holda soxta, katta chegirmali sugʻurtani taklif qiladi.
- Odatiy sugʻurta provayderlariga nisbatan sugʻurtada katta tejash vaʼda qilgan holda soxta, katta chegirmali sugʻurtani taklif qiladi.
Taqiqlangan vakansiya kontenti
Jumladan:
- Ish beruvchi va ish xususiyatlari haqida maʼlumot bermay, shunchaki vakansiyalarni zikr qilgan holda ish oʻrinlarini taklif qiladi.
- Uydan turib ishlash takliflari, lekin vakansiya nomi xodim uydan ishlay olmasligiga ishora qiladi.
- Ish haqi oldindan va’da qilingan ish takliflari.
- Kafolatlangan ish oʻrinlarini taklif qilish.
- Ish berishdan oldin avans to‘lovi talab qilinadigan ish takliflari.
Taqiqlangan qarzdorlikni kamaytirish va kreditni tiklash kontenti
Jumladan:
- Muayyan muddatda qarzni bartaraf qilish yoxud muayyan summaga kamaytirishni vaʼda qiladi.
- Barcha qarzni undirish yoki sud daʼvolarini toʻxtatishga vaʼda beradi.
- Kredit hisobotlaridagi kredit tarixi maʼlumotlarini olib tashlash yoki yangi “kredit tarixini” yaratishga vaʼda beradi.
Taqiqlangan sovgʻa kontenti
Jumladan:
- Foydalanuvchidan batafsil shaxsiy yoki moliyaviy maʼlumotlarni ulashishdan tashqari hech qanday harakat talab qilmagan holda haqiqiy pul yoki isteʼmol mollari (masalan, elektronika, transport vositalari yoki zargarlik buyumlari) boʻyicha kafolatlangan mukofotni yolgʻon taklif qilish.
- Hukumat grantlari yoki dasturlaridan yolgʻondan pul mablagʻlari taklif qilish.
Taqiqlangan oldindan toʻlov kontenti
Jumladan:
- Oldindan toʻlov/bank oʻtkazmasi/badal evaziga yolgʻondan pul taklif qiladi.
Yuqoridagilardan qatʼi nazar, maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilmagan yoki ularni targʻib qilmagan holda firibgarlik yoki boshqa taqiqlangan tijoriy amaliyotlarni qoralaydigan, ular haqida boshqalarga maʼlumot beradigan yoki ogohlikni oshiradigan kontentga ruxsat beriladi.
“Taqiqlangan tijoriy amaliyotlar” siyosatimizni buzgan hisoblarni oʻchirib tashlashdan tashqari, avtomatlashtirilgan tizimlarimiz istalmagan aloqalar va ehtimoliy firibgarlik xavfini aniqlash hamda cheklash maqsadida foydalanuvchi xatti-harakatlariga oid bir qator belgilarni ham inobatga oladi.
- Oʻzingiz obuna boʻlmagan foydalanuvchilarga istalmagan xabarlarni yuborish, joylashuvingiz haqida ataylab yolgʻon maʼlumot berish yoki firibgarlikka qarshi qoidalarimizni buzganligi sababli biz tomonimizdan oʻchirilgan hamjamiyatlarda (masalan, Sahifalarda) administrator boʻlish kabi bir qator xatti-harakatlarga asoslanib, hisoblarni faolsizlantirishimiz yoxud mahsulot hamda funksiyalardan foydalanishni (masalan, muayyan hisoblarga xabar yozish imkoniyatini) cheklab qoʻyishimiz mumkin.
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
Quyidagi kontentni olib tashlashimiz mumkin:
- Ishonchli tashkilot xabar bergan firibgarlik yoki tovlamachiliklar mavjud kontent.
- Odamlarni hukumat tashkiloti yoki yangiliklarni yorituvchi ommaviy axborot vositasi sifatida tanitish yoki sensatsion yoki mubolagʻali daʼvolardan foydalanish kabi aldamchi taktikalardan foydalangan holda jamoaviy daʼvo jarayoni ishtirokida qatnashishga yollash.
- Uyushgan firibgarlik yoki tovlamachilik xatti-harakatlarida ishtirok etish yoki ishtirok etishni da’vo qilish, jumladan, firibgarlik xatti-harakatlarini sodir etish uchun xizmatlarimizda bir nechta hisoblardan birgalikda foydalanishga ruxsat bermaymiz.
Ushbu siyosat qamroviga kiruvchi kontentning qoralash, taʼlim, ogohlikni oshirish yoki yangilik sifatida yoritish maqsadida joylashiniga ruxsat etiladi.
30-Okt, 2026
Policy Rationale
We aim to protect users and businesses from being deceived out of their money, property, or personal information. To do so, we prohibit content and behavior that employ prohibited commercial practices. This includes false job or government program offers, celebrity and brand bait, investment schemes (including guaranteed returns), debt relief and credit repair schemes, get-rich-quick and giveaway schemes, romance schemes, and charity schemes.
We allow people to raise awareness of, educate others about, and condemn scams and other prohibited commercial practices, provided they do not reveal sensitive information or promote them.
For policies related to Prohibited Documents and Financial Services, see the Restricted Goods and Services Community Standards.
Our enforcement isn’t perfect, and we may not detect all policy violations. To learn more about how to spot deceptive content and what you can do to help protect yourself, visit our Scam Protection Center.
Enforcement
We may take a range of enforcement actions, including but not limited to removing content and ads, reducing distribution, restricting advertising accounts, limiting features, requiring verification, or disabling accounts. These actions may result from our own proactive detection, or be informed by reports from trusted entities and user feedback (described below).
User Feedback
User feedback helps us identify commercial practices that create poor user experiences. We consider signals such as consistent patterns or disproportionate volumes of negative feedback, and we share relevant feedback with advertisers and sellers so they can improve their content and customer satisfaction. Where negative feedback persists despite warnings, we may take the actions above, up to restricting or disabling the responsible accounts or entities. This includes taking enforcement on practices such as:
- Misleading or unreasonable pricing.
- Non-delivery: failure to deliver purchased products or services after payment has been made.
- Product misrepresentation: promoting products or services that materially differ from what was advertised, including significant discrepancies in quality or incorrect items.
- Unauthorized charges: charging a customer’s payment method without prior authorization or clear disclosure.
- Violation of return or refund policies: failure to honor stated refund or return policies.
- Deceptive subscription practices: enrolling customers in recurring payment plans or subscription services without clear disclosure of terms.
- Links that appear to lead to legitimate commercial sites but instead lead to scam sites.
We do not allow:
Content that uses deceptive tactics to mislead people or businesses for commercial or financial gain, including but not limited to:
Prohibited Loan Content
This includes:
- Loan offers requiring the user to pay an upfront fee to obtain a loan.
- Loan offers that guarantee approval without any mention of standard approval criteria, such as financial information from the borrower.
Prohibited Gambling Content
This includes:
- Offers of real money gambling services (“Real money” is real-world currency that can be used to buy goods or services in the real world, including national currencies such as U.S. Dollars and virtual currencies such as Bitcoin):
- with a guarantee of winning.
- implying or admitting to have rigged the outcome of a game or match
- soliciting people to enable match fixing or looking for help or tips on how to fix a match or game
- promoting gambling services in deceptive or obfuscated ways (such as unrelated text paired with a gambling promo image/video)
- Offers that promote services from known deceptive gambling vendors.
Social casino games that simulate gambling with no opportunity to win real money are covered by our Community Standard for Restricted Goods and Services.
Prohibited Investment Content
This includes:
- Offers of investment opportunities where returns on investment are guaranteed or risk-free.
- Offers of investment opportunities where returns on investment or compensation is partly or fully based on recruitment of others to participate in the scheme.
- Offers of investment opportunities claiming or referencing successful past performance or returns to create an expectation of similar future results.
- Offers of investment opportunities that claim quick returns (such as under 24 hours).
- Offers to turn a certain sum of money into a larger one through flipping or trick or strategy involving explicit mentions of “cash flip,” "money flip,” or similar terminology.
Prohibited Charity Content
This includes:
- Fraudulent requests for money or donations for charitable causes.
Prohibited Romance Content
This includes:
- Fraudulent attempts to establish online romantic relationships by seeking non-sexual companionship or relationship and offering or asking for money or its equivalent in exchange.
Prohibited Brand or Celebrity-Bait Content
This includes:
- Brand-bait scams, which involve falsely claiming to represent, or speak in the voice of, an established business or entity, together with misleading tactics to bait people into engaging with the content in an attempt to scam or defraud.
- Celebrity-bait scams, which involve falsely using the name, likeness, or imagery of a public figure, together with misleading tactics to bait people into engaging with the content in an attempt to scam or defraud.
Prohibited Get Rich Quick Content
This includes:
- Offers of opportunities of unrealistic financial reward for unclear or minimal effort.
Prohibited Tangible, Spiritual or Illuminati Content
This includes:
- Offers tangible rewards, such as money, goods, or services that have a monetary value including physical, digital and virtual currencies, and physical or digital goods and services for membership in or joining an association, cult, religious sect (for example, the Illuminati brotherhood).
- Offers tangible rewards for using black magic or spells or magical items (for example, spells, lucky charms, amulets, tokens, potions, magic wallet, etc.).
Prohibited Insurance Content
This includes:
- Offers of false, heavily discounted insurance with requests for an up-front fee, such as an administration fee or deposit.
- Offers of false, heavily discounted insurance with promises of significant savings on insurance compared to conventional insurance providers.
Prohibited Job Content
This includes:
- Offers of jobs containing no information about the employer and job specifications, simply referencing job vacancies.
- Offers of work from home but the job title implies the employee cannot WFH.
- Offers of jobs with advance promises of salary.
- Offers of guaranteed jobs.
- Offers of jobs with a demand for an advance fee before the job is granted.
Prohibited Debt Relief and Credit Repair Content
This includes:
- Promises to eliminate or reduce debt by a particular amount in a set period of time.
- Promises to stop all debt collections or lawsuits.
- Promises to remove credit information from credit reports or create new "credit identity."
Prohibited Giveaway Content
This includes:
- False offers of a guaranteed reward of real money or consumer goods (such as electronics, vehicles, or jewelry) without any action required by the user beyond sharing personal or financial information.
- False offers of money from government grants or programs.
Prohibited Advance Fee Content
This includes:
- Falsely promises money in exchange for an up-front fee/wire transfer/payment.
Notwithstanding the above, we do not prohibit content that condemns, raises awareness of, or educates others about scams or other prohibited commercial practices, without either revealing sensitive information or promoting them.
In addition to removing accounts that violate our Prohibited Commercial Practices policy, our automated systems consider a range of behavioral signals to help identify and limit unwanted contact and exposure to potential scam activity.
- We may disable accounts or restrict access to products and features (e.g. the ability to message certain accounts) based on a combination of behaviors such as sending unsolicited messages to people who you do not follow, deliberately misrepresenting your location, or being an admin of communities (e.g. Pages) we have removed for violating our scam policies.
For the following Community Standards, we require additional information and/or context to enforce:
We may remove content that:
- Involves frauds or scams that have been reported by a trusted entity.
- Recruits people to participate in class action lawsuits using deceptive tactics, such as impersonating a government entity or news outlet, or using sensationalist or exaggerated claims.
- Involves entities participating in or claiming to engage in organized fraud or scam behavior, including the use of multiple accounts on our services in concert to perpetrate fraudulent behaviors.
We allow content that is otherwise covered by this policy when posted in condemnation, educational, awareness raising, or news reporting contexts.