Maxfiylik qoidalarining buzilishi

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Xizmatlarimiz foydalanuvchilarning maxfiyligi va shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilishga intiladi. Biz sizning identifikatsiya va shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz va odamlarning oʻzlari va boshqalar haqidagi muayyan turdagi shaxsiy yoki maxfiy maʼlumotlarni joylashiga ruxsat bermaymiz. Shuningdek, insonlarga ular maxfiylikka oid huquqlarini buzadi deb hisoblagan tasvir haqida shikoyat qilish usullari taqdim etiladi.
Jismoniy yoki moliyaviy zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan shaxsni tasdiqlaydigan yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlar, jumladan, moliyaviy, yashash joyiga oid va tibbiy maʼlumotlar, shuningdek, noqonuniy manbalardan olingan shaxsiy maʼlumotlarni ulashuvchi, taklif qiluvchi yoki soʻrovchi kontent olib tashlanadi. Yangiliklarni yoritish, sudga kiritilgan daʼvolar, press-relizlar yoki boshqa manbalar natijasida shaxsiy maʼlumotlar ommaga oshkor boʻlishi mumkinligini ham tan olamiz. Bunday hollarda ushbu maʼlumotlarning joylanishiga ruxsat berishimiz mumkin.
Pulli kontent uchun qoʻshimcha cheklovlar mavjud. Biz mahsulot yoki xizmat tafsilotlariga e’tibor qaratish orqali ijobiy foydalanuvchi taassurotini taqdim etadigan reklamalarga ruxsat bersak-da, foydalanuvchilarning shaxsiy qiyinchiliklaridan foydalanadigan, ular haqida salbiy yoki noaniq tavsiflar beradigan yoki shaxsiy ma’lumotlarni bilishni nazarda tutadigan reklamalarni olib tashlaymiz. Pulli kontent uchun maxfiylik qoidalari haqida batafsil maʼlumot olish uchun maxfiylikka oid qoidabuzarliklar va shaxsiy xususiyatlarga oid Reklama faoliyati qoidalariga qarang.
Quyidagilar taqiqlanadi:
Xizmatlarimizda yoki tashqi havolalar orqali quyidagi shaxsiy maʼlumotlarni ulashadigan yoki talab qiladigan kontent:
Shaxsga doir axborot (PII)
  • Post qiluvchi yoki boshqalarning shaxsga doir axborotini (jismoniy shaxsni aniqlovchi axborot) ulashuvchi kontent. Jumladan:
    • Ijtimoiy sugʻurta raqamlari (SSN), pasport raqamlari yoki soliq toʻlovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (ITIN) kabi milliy identifikatsiya raqamlari.
    • Huquqni muhofaza qiluvchi, harbiy yoki xavfsizlik organlari xodimlarining davlat tomonidan berilgan guvohnomalari.
    • Fuqarolik holatlarini qayd etish maʼlumotlaridagi yozuvlar yoki shunday holatlar, masalan, nikoh, tugʻilish, oʻlim, ism yoki jinsni oʻzgartirish va hokazolar haqidagi rasmiy hujjatlar
    • Immigratsiya va mehnat holati haqidagi hujjatlar, masalan, grin kartalar, ishlash ruxsati yoki vizalar
  • Boshqalarning shaxsga doir axborotlarini soʻrovchi kontent
Shaxsiy kontakt maʼlumotlari
  • Boshqalarning shaxsiy kontakt maʼlumotlarini ulashuvchi kontent; jismoniy shaxsning oʻzi tomonidan ommaga eʼlon qilingan yoki xayriya ishlarini targʻib qilish, bedarak yoʻqolgan odamlar, hayvonlarni yoki yoʻqolgan buyumlarning egalarini topishni osonlashtirish yoki biror kompaniya yoki xizmat provayderi bilan bogʻlanish uchun ulashilgan yoki soʻralgan hollar bundan mustasno (agar jismoniy shaxsning roziligisiz shaxsiy kontakt maʼlumotlarini ulashish belgilanmagan boʻlsa).
Turar joyga oid maʼlumotlar
  • Boshqalarning toʻliq shaxsiy yashash manzillarini, jumladan, bino nomi yoki xaritadagi manzilni oshkor qiluvchi markerlarni ulashuvchi kontent. Quyidagi holatlar bundan mustasno:
    • xayriya maqsadlari targʻib qilish, yoʻqolgan odamlar, hayvonlar yoki yoʻqolgan buyumlarning egalarini topishni osonlashtirish uchun yoki biror kompaniya yoki xizmat provayderiga murojaat qilish usuli sifatida ulashilsa
    • turar joy yuqori martabali davlat amaldoriga berilgan rasmiy turar joy yoki elchixonalar boʻlsa
  • Boshqalarning qisman shaxsiy yashash manzillarini ulashuvchi kontent (turar joy yuqori martabali davlat amaldoriga berilgan rasmiy turar joy yoki elchixonalar bundan mustasno):
    • Protestlar tashkillashtirish yoki rezidentni kuzatish kontekstida ulashilsa va turar joyning joylashuvi quyidagilardan biri orqali aniqlansa:
      • Koʻcha
      • Shahar yoki mahalla (faqat rezidentlari soni 50 000 kishidan kam boʻlgan shaharlar uchun)
      • Pochta indeksi
      • Xaritada bularning birortasini aniqlaydigan markerlar yoki GPS markerlari (hatto bu markerlar platformadan tashqaridagi havolada boʻlsa ham)
    • Quyidagi shartlarning barchasi mavjud boʻlgan holda shaxsiy turar joylarning tashi koʻrinishi aks etgan tasvirlar:
    • Bu turar joy yagona oilaning uyi yoki turar joy raqami/bino nomi tasvir/izohda koʻrsatilgan boʻlsa.
    • Turar joyning joylashuvi quyidagilardan biri bilan aniqlanadi:
      • Koʻcha
      • Shahar yoki mahalla (faqat rezidentlari soni 50 000 kishidan kam boʻlgan shaharlar uchun)
      • Pochta indeksi
      • Xaritada bularning birortasini aniqlaydigan markerlar yoki GPS markerlari (hatto bu markerlar platformadan tashqaridagi havolada boʻlsa ham)
    • Kontent orqali yashovchilarning shaxsini aniqlash mumkin boʻlsa.
    • Yoki shaxsiy turar joyda yashovchi shaxs bu turar joyning koʻrsatilishiga qarshilik bildirsa yoki u yerda yashaydigan shaxsga qarshi uyushgan protest aks etgan kontent boʻlsa.
    • Turar joy yangiliklar diqqati markazida boʻlgani sababli bu ulashilmayotgan turar joy tasvirlari (u yerdagi rezidentga qarshi protestlarni tashkillashtirish kontekstida ulashilgan hollar bundan mustasno)
  • Boshqalarning shaxsiy yashash joyiga oid maʼlumotlarni soʻrovchi kontent (turar joy yuqori martabali davlat amaldoriga berilgan rasmiy turar joy yoki elchixonalar bundan mustasno)
  • Maxfiy boshpanalar joylashuvini soʻrovchi yoki quyidagilardan birortasini ulashish orqali maxfiy boshpanalar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qiladigan kontent (maxfiy boshpananing oʻzi oʻz xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni faol tarqatayotgan hollar bundan mustasno)
    • Haqiqiy manzil (eslatma: “Faqat pochta qutisi”ga ruxsat etiladi)
    • Maxfiy boshpana rasmlari
    • Maxfiy boshpana joylashgan shahar/mahallani oshkor qiluvchi maʼlumotlar
    • Maxfiy boshpanada yashovchilarning shaxsini oshkor qiladigan maʼlumotlar
Tibbiy maʼlumotlar
  • Maʼlumotlar tibbiy yozuvlar yoki boshqa rasmiy hujjatlardan olingani aniq boʻlgan, jumladan, audio yoki video orqali vizual namoyish etilgan yoki ulashilgan boshqalarga doir tibbiy, psixologik, biometrik yoki genetik/irsiy maʼlumotlarni ulashuvchi kontent.
Moliyaviy maʼlumotlar
  • Post qiluvchi yoki boshqa shaxslarga oid shaxsiy moliyaviy maʼlumotlarni ulashuvchi yoki soʻrovchi kontent. Biror shaxsning individual moliyasi haqidagi maʼlumotlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
    • Ichki moliyaviy hisobotlar va yozuvlar.
    • Bank hisob raqamlari xavfsizlik yoki PIN kodlari bilan.
    • Raqamli toʻlov usuli maʼlumotlari kirish maʼlumotlari, xavfsizlik va PIN kodlari bilan.
    • Kredit yoki debet kartalar yaroqlilik muddati yoki xavfsizlik PIN kodlari yoki kodlari bilan.
  • Biror kompaniya yoki tashkilotlarning moliyasi haqida axborot deb belgilangan, ichki moliyaviy maʼlumotlarni ulashuvchi yoki soʻrovchi kontent; dastlab tashkilotning oʻzi tomonidan ulashilgan (jumladan, keyinchalik original kontekst oʻz holicha ulashilgan) yoki ommaga hisob berish talablariga muvofiq (masalan, fond birjalari yoki tartibga soluvchi organlarning talablariga muvofiq) ulashilgan hollar bundan mustasno. Moliyaviy maʼlumotlar quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
    • Ichki moliyaviy hisobotlar va yozuvlar.
    • Xavfsizlik kodi yoki PIN kodi koʻrsatilgan bank hisob raqamlari.
    • Kirish maʼlumotlari, xavfsizlik yoki PIN kodlari koʻrsatilgan raqamli toʻlov usullari haqidagi maʼlumotlar.
Buzib kirilgan manbalardan olingan maʼlumotlar
  • Zarar koʻrgan kishi taniqli shaxs yoki oddiy shaxs boʻlishidan qatʼi nazar, buzilgan manbadan olingan yoki shundan manbadan olingani daʼvo qilingan kontent.
Quyidagi kontent ham olib tashlanishi mumkin:
  • Tasvirlangan shaxs quyidagilardan biriga mos boʻlsa, shikoyat qilingan surat yoki video:
    • 13 yoshdan kichik voyaga yetmagan shaxs, agar shu voyaga yetmagan shaxs yoki uning ota-onasi yoxud qonuniy vasiysi kontent haqida shikoyat qilgan boʻlsa.
    • 13-18 yosh oraligʻidagi voyaga yetmagan shaxs, agar shu voyaga yetmagan shaxs kontent haqida shikoyat qilgan boʻlsa.
    • Voyaga yetgan shaxs, agar AQSH hududidan tashqaridagi oʻsha voyaga yetmagan shaxs kontent haqida shikoyat qilgan hamda tegishli qonunchilikda kontentni olib tashlash huquqi nazarda tutilgan boʻlsa.
    • Muomalaga layoqatsiz va oʻzi kontent haqida shikoyat qila olmaydigan har qanday shaxs.
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
  • Agar tibbiy yoki sogʻliqni saqlash muassasasidagi shaxs yoki tibbiy yoki sogʻliqni saqlash muassasasiga kirayotgan yoki undan chiqayotgan oddiy odam yoki voyaga yetmagan shaxs aks etgan kontent sifatida belgilangan va quyidagilar tomonidan shikoyat qilingan shaxslar va tibbiy muassasalar tasvirlari:
    • Tasvirdagi shaxs
    • Tasvirdagi shaxs vakili
    • Tasvirdagi shaxs parvarishi uchun masʼul tibbiy yoki sogʻliqni saqlash muassasasi yoki
    • Tasvirdagi shaxsga ishlaydigan tibbiy yoki sogʻliqni saqlash muassasasi
  • Chet el hukumatining taʼsir oʻtkazish amaliyoti doirasida tarqatilgan saylovga aloqador ommaviy boʻlmagan maʼlumotlarni oshkor qilishga moʻljallangan manba material.
    • Biz davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalarining bu kabi sizdirish holati haqidagi xabarlarini sizdirish yuz bergan davlatdan olib tashlaymiz.
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Maxfiylik qoidalarining buzilishi yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring