Yolgʻon axborot
Qoidalar haqida batafsil
OʻZGARISHLAR JURNALI
Bugun
8-Apr, 2025
14-Mar, 2025
8-Yan, 2025
19-Iyl, 2024
10-Iyl, 2024
11-Iyn, 2024
21-May, 2024
7-Fev, 2024
6-Dek, 2023
30-Sen, 2023
15-Iyl, 2023
Qoida asosnomasi
Yolgʻon axborot Hamjamiyat qoidalarida koʻrib chiqiladigan boshqa nutq turlaridan farq qiladi, chunki nimalarning taqiqlangani haqidagi toʻliq roʻyxatni tuzish imkonsiz. Masalan, dilni xira qiluvchi zoʻravonlik yoki nafratomuz xatti-harakatlar holatida siyosatlarimiz bunday nutqni aniq belgilaydi va hatto bu qoidalarga norozi boʻlganlar ham ularga rioya qilishi mumkin. Yolgʻon axborot borasida esa bunday aniq chiziqni belgilab bera olmaymiz. Dunyo muntazam ravishda oʻzgarib bormoqda va hozirda haqiqat boʻlgan narsa bir daqiqadan haqiqat boʻlmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, insonlar ham oʻz atrofidagi olam haqida turli darajadagi maʼlumotlarga ega va ular haqiqat boʻlmagan biror narsaga haqiqat deb ishonishi mumkin. Agar siyosat, shunchaki, “yolgʻon axborot”ni taqiqlasa, u xizmatlarimizdan foydalanuvchi odamlarga foydali xabarni taqdim etmaydi va maʼlumotlarga toʻliq kirish imkoniga ega boʻlmaganimiz sababli, bunday siyosatni amalga tatbiq etib boʻlmaydi.
Buning oʻrniga, bizning qoidalarimiz yolgʻon axborotning turli turkumlarini belgilaydi va bunday nutqqa qanday munosabatda boʻlishimiz haqida aniq koʻrsatmalar berishga harakat qiladi. Har bir turkum uchun bizning yondashuvimiz soʻz erkinligi, xavfsizlik, qadr-qimmat, haqiqiylik va maxfiylik qadriyatlarimizni muvozanatlashga harakat qiladi.
Agar yolgʻon axborotning muqarrar jismoniy zarar yetkazish xavfiga bevosita hissa qoʻshish ehtimoli mavjud boʻlsa, biz uni olib tashlaymiz. Bundan tashqari, biz siyosiy jarayonlar faoliyatiga bevosita xalaqit berishi mumkin boʻlgan kontentni olib tashlaymiz. Bu turkumlarda yolgʻon axborot nima ekanligini aniqlashda biz kontentning ishonchliligi va uning muqarrar zarar yetkazish xavfiga bevosita hissa qoʻshishi ehtimolini baholash uchun bilim va tajribaga ega mustaqil ekspertlar bilan hamkorlik qilamiz. Bunga, masalan, fuqarolik mojarolari haqidagi mish-mishlarning haqiqat ekanini aniqlash uchun mamlakatdagi inson huquqlari tashkilotlari bilan hamkorlik qilish kiradi.
Boshqa barcha yolgʻon axborotlar uchun biz uning tarqalishini kamaytiramiz yoki samarali muloqot uchun qulay muhit yaratamiz. Biz odamlar yolgʻon axborotdan koʻpincha boʻrttirib koʻrsatish (“Bu jamoa sport tarixidagi eng yomon koʻrsatkichga ega!”) yoki hazil yoki satira uchun (“Erim hozirgina yilning eng yaxshi turmush oʻrtogʻi mukofotini yutib oldi”) kabi zararsiz usullarda foydalanishidan xabardormiz. Ular, shuningdek, noaniqliklarni oʻz ichiga olgan hikoyalar orqali oʻz tajribalarini baham koʻrishlari mumkin. Ayrim hollarda, odamlar boshqalar notoʻgʻri deb hisoblagan shaxsiy fikrlarini baham koʻradi yoki oʻzlari haqiqat deb hisoblagan, ammo boshqalar toʻliq emas yoki adashtiruvchi deb hisoblovchi maʼlumotlarni ulashadi.
Bunday nutqning qanchalik keng tarqalganligini anglagan holda, ehtimoliy yanglishtiruvchi yoki chalg‘ituvchi kontent mavjud bo‘lganda foydali ma’lumotlarni taqdim etishga e’tibor qaratamiz. Bu sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida, AQSHdan tashqarida biz dunyoning ko‘plab hududlaridagi uchinchi tomon fakt tekshiruvi tashkilotlari bilan hamkorlik qilamiz. Ular platformalarimizdagi eng ko‘p tarqalgan kontentning toʻgʻriligini tekshiradi va baholaydi (AQSHdagi yondashuvimiz haqida bu yerda va bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin). AQSHdan boshlanib, Hamjamiyat qaydlari dasturi odamlarga Facebook, Instagram va Threads'dagi ehtimoliy adashtiruvchi yoki chalgʻituvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan postlarga qo‘shimcha kontekst qo‘shish imkonini beradi (bu yerga qarang). Shuningdek, biz odamlar nimani o‘qish, ishonish va ulashish haqida qaror qabul qilishlari uchun media va raqamli savodxonlikni oshirish uchun resurslar taqdim etamiz. Agar foydalanuvchilar raqamli tarzda yaratilgan yoki tahrirlangan fotorealistik video yoki haqiqiydek eshitiluvchi audioga ega organik kontent joylasa, ulardan buni AI ochiqlama vositasi orqali oshkor etishni talab qilamiz. Bundan qilmaslik turli jazolarning qoʻllanishiga sabab boʻlishi mumkin. Qolaversa, raqamli tarzda yaratilgan yoki tahrirlangan va biror ijtimoiy ahamiyatga ega masala haqida adashtirish xavfi ayniqsa yuqori boʻlgan muayyan kontentga yorliq kiritamiz.
Va nihoyat, biz yolgʻon axborot keng tarqalgan boshqa sohalardagi kontent va faoliyatni taqiqlaymiz. Masalan, Hamjamiyat qoidalarimiz soxta hisoblar, firibgarlik va muvofiqlashtirilgan chalgʻituvchi xatti-harakatlarni taqiqlaydi.
Onlayn va real dunyoda tendensiyalar oʻzgarib, rivojlanib borar ekan, biz bu siyosatlarni takomillashtirishda davom etamiz. Quyida keltirilgan yolgʻon axborotlarni qayta-qayta tarqatuvchi hisoblar kontentiga nisbatan tegishli choralar qoʻllaniladi. Bundan tashqari, ularning namoyishi cheklanishi reklama qilish imkoniyatlari cheklovlar belgilanishi yoki ular platformamizdan olib tashlanishi mumkin. Meta kontentni olib tashlaganda nima boʻlishi haqida qoʻshimcha maʼlumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Yoʻriqnoma
Biz olib tashlaydigan yolgʻon axborot:
Biz quyidagi turdagi yolgʻon axborotni olib tashlaymiz:
I. Jismoniy zarar yoki zoʻravonlik
Biz hamkor ekspertlar muqarrar zoʻravonlik yoki insonlarga jismoniy shikast yetkazilishi xavfiga bevosita hissa qoʻshishi mumkin degan qarorga kelgan yolgʻon axborot yoki tekshirib boʻlmaydigan mish-mishlarni olib tashlaymiz. Yolgʻon axborot deyilganda vakolatli uchinchi tomon tarafidan yolgʻon deb topilgan daʼvoga ega kontent tushuniladi. Tekshirib boʻlmaydigan mish-mish deyilganda hamkor ekspertlar ishonchli manbaga ega boʻlmagan, fosh qilish uchun yetarliga oʻziga xoslikka ega boʻlmagan yoki ishonish uchun aql bovar qilmaydigan yoki nihoyatda mantiqsiz ekani sababli manbasini kuzatish nihoyatda qiyin yoki imkonsiz deb topgan daʼvolar tushuniladi.
Bilamizki, beozordek tuyulgan yolgʻon axborot ayrim hollarda muayyan kontekstda haqiqiy dunyoda zarar yetkazish xavfini, jumladan, oʻlim, ogʻir tan jarohati yoki boshqa jismoniy zarar ehtimolini oshirishi mumkin boʻlgan zoʻravonlik tahdidlarining kelib chiqishiga hissa qoʻshadi. Biz ushbu mahalliy dinamikada tajribaga ega boʻlgan nodavlat tashkilotlarning (NNT) global tarmogʻi, notijoriy tashkilotlar, gumanitar tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ishlaymiz.
Ijtimoiy zoʻravonlik xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlarda biz mahalliy hamkorlar bilan qaysi yolgʻon daʼvolar muqarrar jismoniy zarar yetkazilish xavfiga bevosita hissa qoʻshishi mumkinligini tushunish uchun faol hamkorlik qilamiz. Keyin bunday yolgʻon daʼvolarni oʻz ichiga olgan kontentni aniqlab, uni platformamizdan olib tashlaymiz. Masalan, mahalliy ekspertlar bilan maslahatlashgan holda, biz zoʻravonlik harakatlari, qurbonlari yoki ijrochilari, qurillar yoki harbiy texnikalar aks etgan yolgʻon daʼvo qiluvchi hamda kontekstdan tashqari boʻlgan mediani olib tashlaymiz.
II. Salomatlikka oid zararli yolgʻon axborot
Biz sogʻliqni saqlash sohasidagi aholi salomatligi va xavfsizligiga bevosita zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yolgʻon axborotni aniqlash uchun yetakchi tibbiyot tashkilotlari bilan maslahatlashamiz. Biz olib tashlaydigan salomatlikka oid yolgʻon axborot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Vaksinalar haqida yolgʻon axborot. Agar davlat sogʻliqni saqlash organlari axborot yolgʻon va emlanishni muqarrar ravishda rad etishga bevosita hissa qoʻshishi mumkin degan xulosaga kelsa, biz birinchi navbatda vaksinalar haqidagi ushbu yolgʻon axborotni olib tashlaymiz. Ularga quyidagi daʼvolar kiradi:
- Vaksinalar autizmni keltirib chiqaradi (masalan: “Emlashlar sonining oshgani sababli bugungi kunda koʻplab bolalar autizmga yoʻliqqan”).
- Vaksinalar chaqaloqlarning toʻsatdan vafot etishi sindromiga sabab boʻladi (masalan: “Bilmaysizmi, vaksinalar chaqaloqlarning toʻsatdan vafot etishi sindromiga sabab boʻladi?”
- Vaksinalar oʻzlari qarshi kurashishi kerak boʻlgan kasalliklarni keltirib chiqaradi yoki vaksina olgan odamning bu kasallikka chalinish ehtimoli oshadi (masalan: “Aslida, vaksina olgandan keyin shu kasallikka chalinish ehtimolingiz oshadi, chunki tanangizda oʻsha kasallikning izi qoladi. Ehtiyot boʻling!”).
- Vaksinalar yoki ularning tarkibi halokatli, toksik, zaharli, zararli yoki xavfli (masalan: “Albatta, agar tanangizga zahar yuborishga qarshi boʻlmasangiz, vaksina olishingiz mumkin”).
- Tabiiy immunitet vaksina orqali shakllantirilgan immunitetdan xavfsizroq (masalan: “Vaksina olganda koʻra, shunchaki, kasallikka chalingan xavfsizroq”).
- Qisqa muddatda bir nechta vaksina olish xavfli, hatto bunday muddat tibbiy jihatdan tavsiya etilgan boʻlsa ham (masalan: “Shifokor nima deyishidan qatʼi nazar, hech qachon bir vaqtning oʻzida bittadan koʻp vaksina olmang, bu xavfli”).
- Vaksinalar oʻzlari moʻljallangan kasalliklarning oldini olishda samarali emas. Biroq COVID-19, gripp va bezgakka qarshi vaksinalar ushbu viruslar bilan kasallanishning oldini olishda samarali emasligi haqidagi daʼvolarni olib tashlamaymiz. (Masalan, olib tashlanadi: “Poliomielitga qarshi vaksinalar mutlaqo bu kasallik yuqishining oldini olmaydi”; olib tashlanadi: “Vaksinalar mutlaqo kasalliklar yuqishining oldini olmaydi”; qoldiriladi: “Vaksinalar COVID-19 ni yuqtirishning oldini olmaydi, shu sababli, vaksinadan keyin ham ijtimoy masofani saqlash va atrofda boshqalar boʻlsa, niqob taqib yurish kerak”).
- Qizamiqqa chalinish oʻlimga sabab boʻla olmaydi (qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab etiladi) (masalan: “Qizamiqqa chalinsangiz, xavotir olmang, u oʻlimga sabab boʻlmaydi”).
- C vitamini vaksinasi mavjud kasalliklarning oldini olishda xuddi vaksinalar kabi samaralidir.
- Aholi salomatligiga aloqador favqulodda holatlarda sogʻliqqa oid yolgʻon axborot. Agar aholi salomatligiga aloqador favqulodda holatlarda rasmiy sogʻliqni saqlash idoralari axborot yolgʻon yoki muqarrar jismoniy zarar xavfiga bevosita hissa qoʻshishi (jumladan, shaxslarning zararli kasallikni yuqtirishi yoki tarqatishi yoxud tegishli vaksinani olishni rad etishi xavfiga hissa qoʻshish orqali) mumkin, degan xulosaga kelsa, bunday axborotni olib tashlaymiz. Aholi salomatligiga aloqador favqulodda holatlar xalqaro va mahalliy sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda aniqlanadi.
- Zarar keltiruvchi “sehrli” davolash usullarini targʻib qilish va maʼqullash. Bunga tavsiya etilgan foydalanish sogʻliqni saqlash kontekstida ogʻir jarohat yoki oʻlim xavfiga bevosita hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan va qonuniy tibbiy maqsaqlarda ishlatilmaydigan muolajalar kiradi (masalan, oqartiruvchi vositalar, dezinfeksiya vositalari, qora malham, kaustik soda).
III. Saylovlar yoki aholini roʻyxatda olish jarayoniga aralashish
Saylovlar va aholini roʻyxatga olish jarayonining halolligini taʼminlash maqsadida biz odamlarning bunday jarayonlarda ishtirok etish qobiliyatiga bevosita xalaqit berishi mumkin boʻlgan yolgʻon axborotni olib tashlaymiz. Bunga quyidagilar kiradi:
- Saylov, saylovchilar registratsiyasi yoki roʻyxatga olishda ishtirok sanasi, joyi, vaqti yoki usullari haqida yolgʻon axborot.
- Ovoz berish huquqiga ega boʻlganlar, ovoz berish uchun malaka talablari, ovoz hisobga olinishi yoki olinmasligi hamda ovoz berish uchun qanday axborot yoki materiallar taqdim etilishi haqida yolgʻon axborot.
- Nomzodning saylovlarda ishtirok etishi yoki etmasligi haqida yolgʻon axborot.
- Kimlar aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishi mumkinligi va ishtirok etish uchun qanday maʼlumotlar yoki materiallar taqdim etilishi kerakligi haqida yolgʻon axborot.
- Aholini roʻyxatga olishda hukumat ishtiroki, jumladan, tegishli hollarda, shaxslarning roʻyxatga olish maʼlumotlari boshqa (roʻyxatga olishga aloqador boʻlmagan) davlat organiga taqdim etilishi haqida yolgʻon axborot.
- Saylov uchastkalarida AQSH Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) vakillari hozir boʻlishi haqidagi yolgʻon yoki tasdiqlanmagan daʼvolar.
- Agar odamlar saylov jarayonida ishtirok etsa, ular COVID-19 virusini (yoki boshqa kasallikni) yuqtirib olishi haqidagi ochiq yolgʻon daʼvolar.
- Saylov organi tomonidan tasdiqlangani kabi, joriy shart-sharoitlar sababli AQSH saylov uchastkasida ovoz berish imkonsiz ekani haqidagi yolgʻon daʼvolar.
Zoʻravonlikka chaqiruv, noqonuniy ishtirok targʻiboti va uyushgan holda saylovlarga aralashuv masalalariga bagʻishlangan qoʻshimcha siyosatlar mavjud boʻlib, ular Hamjamiyat qoidalarining boshqa boʻlimlarida aks etgan.
Quyidagi kontentga axborot beruvchi yorliq kiritamiz:
Manipulyatsiya qilingan mediafayllar
Mediafayllarni turli usullarda tahrirlash mumkin. Koʻp hollarda, bu oʻzgartirishlar zararsizdir, masalan, sanʼatga oid sabablarga koʻra kontent qirqilishi yoki qisqartirilishi yoki musiqa qoʻshilishi mumkin. Boshqa hollarda esa manipulyatsiya aniq koʻzga tashlanmaydi va odamlarni chalgʻitishi mumkin.
- Raqamli tarzda yaratilgan yoki tahrirlangan va adashtirishi mumkin boʻlgan kontent. Hamjamiyat qoidalarini boshqacha tarzda buzmaydigan kontent uchun: agar kontent raqamli tarzda yaratilgan yoki tahrirlangan fotorealistik rasm yoki video yoki haqiqiydek eshitiladigan ovozdan iborat boʻlsa va uning ijtimoiy ahamiyatga ega biror masala haqida jamoatchilikni jiddiy aldash xavfi favqulodda yuqori boʻlsa, biz bunday kontent yuzasiga axborot beruvchi yorliq joylashtirishimiz yoki reklama sifatida yuborilgan kontentni rad qilishimiz mumkin.
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Yolgʻon axborot yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring