Metaning intellektual mulki va litsenziyalardan foydalanish

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Meta oʻz intellektual mulkini ishlab chiqish, himoya qilish undan munosib tarzda foydalanilishi uchun katta miqdordagi resurslarni ajratadi. Bu siyosat Meta intellektual mulkidan noqonuniy tarzda, oldindan yozma roziliksiz yoki Brendli resurs markazidagi qoidalarga nomuvofiq tarzda foydalanilmasligini taʼminlashga yordam beradi.
Quyidagilarni joylash taqiqlanadi:
  • Brenddan foydalanish:
    • Metaning mualliflik huquqlari yoki savdo belgilaridan Metaning oldindan yozma roziligisiz yoki Meta Brend Resurs markazi tomonida taqiqlangan tarzda foydalanadigan kontent.
    • Meta brendlarini kreativning eng oÊ»ziga xos yoki taniqli xususiyatiga aylantiradigan tarzda ifodalovchi kontent.
    • Metaning brend resurslari qandaydir shaklda modifikatsiya qilgan, masalan, rang yoki dizaynni oÊ»zgartirgan yoki ularni maxsus effektlar yoxud animatsiyada foydalanish orqali oÊ»zgartirgan kontent.
  • Brend tavsiyasi:
    • Metaning oldindan yozma roziligisiz Meta brendlari tavsiyasi yoki ular bilan hamkorlikka ishora qiluvchi kontent.
    • Metaning oldindan roziligisiz Meta brendlari (masalan, Facebook, Instagram yoki WhatsApp) tavsiyasi yoki dastagiga ishora qiladigan kontent.
  • Quyidagi usullar orqali mahsulotlarning foydalanuvchi interfeysini aks ettiruvchi kontent:
    • Mahsulotlarning joriy koÊ»rinishi, xususiyatlari yoki funksiyalarini notoÊ»gÊ»ri aks ettirish.
    • Maxsus effektlar, interfeys yoki animatsiya qoÊ»shish kabi harakkatlar orqali foydalanuvchi interfeysini oÊ»zgartirish.
    • Foydalanuvchi interfeysi elementlaridan alohida va individual tarzda foydalanish.
    • Mobil qurilma yoki kompyuter kabi tegishli qurilma kontekstida foydalanuvchi interfeysini aks ettirmaslik.
  • Musiqa yoki boshqa kontentdan Metaning musiqa litsenziyalari kelishuvlarini buzadigan tarzda foydalanish.
  • Metaga tegishli va/yoki ekskluziv litsenziyalangan Facebook Watch kontentini oldindan yozma ruxsatsiz translatsiya qiluvchi kontent.
  • Oldindan yozma roziliksiz Metaga tegishli intellektual mulk huquqlaridan foydalanuvchi kontent.
  • Yanglishtiradigan darajada Meta savdo belgilariga oÊ»xshash belgilari ishlatilgan kontent.
Quyidagilar olib tashlanadi:
  • Bu siyosatni qayta-qayta buzgan, jumladan, olib tashlanganidan keyin yangi hisob yaratish orqali buzgan hisoblar.
Quyidagi hollarda Meta egalik qiladigan yoki u tomonidan litsenziya berilgan intellektual mulk huquqlaridan foydalanuvchi kontentga ruxsat beriladi:
  • Agar Meta tomonidan yozma ravishda ochiq ruxsat berilgan boÊ»lsa va/yoki
  • Meta Brendli resurs markazidagi koÊ»rsatmalarga muvofiq hollarda.
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Meta intellektual mulk va litsenziyalaridan foydalanishda yordam oling
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring