Xotira holatini sozlash

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Kimdir vafot etganda, do‘stlar va oila a’zolari uning hisobini xotira holatiga oʻtkazishimizni so‘rashi mumkin. Xotira holatiga oʻtkazilgandan keyin shaxsning profilidagi ismi tepasida “Xotira” yozuvi paydo boʻladi, shundan soʻng hisob yodgorlik obyektiga aylanadi. Hisoblarni xotira holatiga oʻtkazish yaqin insonlarni xotirlaydigan obyekt yaratishga yordam beradi va hisobga kirishga urinishlar hamda firibgarlik harakatlaridan himoyalaydi. Inson hayotligi vaqtida qilgan tanlovini hurmat qilish uchun u vafot etganidan keyin uning hisobini oʻzgarishlarsiz saqlab qolishga intilamiz.
Facebookda biz odamlarga vafot etganlaridan so‘ng ularning hisoblariga qarab turishi uchun vorisni belgilash imkoniyatini yaratdik. Marhumning yaqinlarini dastaklash maqsadida voris yoki marhumning oila aʼzolari soʻrovi bilan muayyan kontentni olib tashlashimiz yoki oʻzgartirishimiz mumkin.
Vafot etgan foydalanuvchilarga tegishli Facebook yoki Instagram hisoblarining xotira holatini sozlash so‘rovlari zarur ma’lumotlar bilan quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
  • Facebookdagi do‘stlar
  • Instagramdagi kuzatuvchilar
  • To‘g‘ri hujjatlarga ega oila a’zolari
Qotillik yoki xudkushlik qurbonlari uchun, agar Facebook va Instagramdagi kontent marhumning profil rasmi, muqova surati yoki yilnomadagi oxirgi suratlarda namoyon boʻlsa, oila aʼzosining soʻrovi bilan bu kontentni olib tashlaymiz. Marhumning Facebook vorisi talabiga binoan Facebookdagi bu kontentni olib tashlashimiz ham mumkin:
  • Marhumning olimiga aloqador kontent
  • Marhumning oʻlimi, xastaligi yoki unga yetkazilgan zararni maqtash yoki dastaklash
  • Marhumni oʻldirishda ishlatilgan predmetning vizual tasviri.
  • Marhumning oʻlimida ayblanayotgan yoki hukm qilingan shaxsning tasviri.
  • Marhumning oʻlimida ayblanayotgan yoki sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxsning oilaviy holati yoki doʻstlik holati
Quyidagi Hamjamiyat qoidalari uchun marhumning vakolatli vakili yoki Facebook vorisi tomonidan soʻralganida quyidagi oʻzgartirishlarni kiritish uchun qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
  • Xotira holatiga oʻtkazilgan profildagi qoidani buzadigan fikrlarni olib tashlash; bunday hollarda odatda ushbu fikrlar olib tashlanishi uchun vakolatli shaxsning oʻzi murojaat qilishi talab etiladi.
  • Marhumning profilda zararli kontent boʻlsa, uning maxfiylik sozlamalarini “Ommaviy”dan “Faqat doʻstlar”ga oʻzgartirish
  • Agar Hamjamiyat qoidalariga zid boʻlsa, Haqiqiy ism siyosatiga muvofiq, profildagi ismni oʻzgartirish
  • Marhum oʻlimidan keyin olib tashlangan boʻlsa, doʻstlar yoki kuzatuvchilarni profilga qoʻshish
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Xotira holatini sozlash yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring