Mahalliy noqonuniy kontent, mahsulotlar yoki xizmatlar

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Agar regulyatorlar yoki davlat organlari xizmatlarimizdagi kontent mahalliy qonunchilikka zid deb hisoblasa, ular bizdan kontentni cheklashni so‘rashi mumkin. Nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ham kontentni noqonuniy deb da’vo qiluvchi hisobotlarni yuborishlari mumkin. Biz sud buyruqlarini ham olishimiz mumkin.
Biz shikoyat yoki buyruq olganimizda, avvalo uni Hamjamiyat qoidalariga muvofiqligini ko‘rib chiqamiz. Agar u qoidalarimizga zid deb topilsa, uni olib tashlaymiz. Agar kontent siyosatlarimizga zid bo‘lmasa, Global tarmoq tashabbusi va Inson huquqlariga oid korporativ siyosat a’zosi sifatidagi majburiyatlarimizga muvofiq, biz hisobotning haqiqiyligini aniqlash uchun diqqat bilan huquqiy tekshiruvni, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha tegishli tekshiruvni amalga oshiramiz.
Biz shikoyatlarni qonuniy jihatdan asosli emas, haddan ortiq keng yoxud xalqaro inson huquqlari standartlariga nomuvofiq deb hisoblaydigan holatlarda aniqlashtirishni soʻrashimiz yoki hech qanday chora koʻrmasligimiz mumkin.
Agar biz foydalanuvchi kontentiga nisbatan Hamjamiyat qoidalarimizga emas, balki mahalliy qonunchilikka asosan harakat qilsak, kontentga kirishni faqat noqonuniy deb da’vo qilingan yurisdiksiyada cheklashga harakat qilamiz va boshqa jarimalar yoki funksiya cheklovlarini qo‘llamaymiz. Tegishli foydalanuvchiga ham xabar beriladi.
Shuningdek, biz mahalliy qonunchilikni buzuvchi kontent to‘g‘risidagi xabarlarni qanday baholashimiz va bunday hollarda kontentga kirishni cheklagan holatlarimiz haqida batafsil hisobotlarni ham e’lon qilamiz. Bu hisobotlar bu yerda mavjud.
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Mahalliy noqonuniy kontent, mahsulotlar yoki xizmatlar borasida yordam oling
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring