Uchinchi tomonning intellektual mulk huquqini buzish

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Meta intellektual mulk huquqlariga jiddiy qaraydi va fikr erkinligi, ijodkorlik va innovatsiyani targʻib qilish bilan bir qatorda ushbu huquqlarni himoya qilishga intiladi.
Shu sababli boshqa shaxsning intellektual mulk huquqlarini, jumladan, mualliflik huquqi, savdo belgisiga boʻlgan huquq va boshqa qonuniy huquqlarni buzuvchi kontentni joylashni taqiqlovchi qoida ijrosini taʼminlaymiz. Bizga kelib tushgan intellektual mulk huquqi boʻyicha shikoyatlar haqidagi maʼlumotlarni Intellektual mulk huquqi boʻyicha shaffoflik hisobotida chop etamiz.
Siz intellektual mulk huquqlarimni buzadi deb hisoblagan kontent ustidan shikoyat qilish uchun Intellektual huquq boʻyicha Yordam markaziga kiring, Biznes himoyasi sahifasiga kiring yoki Brendga oid huquqlar himoyasi dasturiga ariza berish haqida oʻylab koʻring.
Huquq egasi yoki vakolatli vakilning shikoyati qabul qilingandan keyin quyidagilarga aloqador kontent olib tashlanadi yoki cheklanadi:
  • Mualliflik huquqining buzilishi.
  • Savdo belgisiga boÊ»lgan huquqning buzilishi.
  • Qalbaki mahsulotlar sotuvi yoki targÊ»iboti
  • Brend(lar)ga soxta mansublik
  • Intellektual mulk huquqlari yoki boshqa mulk huquqlarini buzuvchi yoki ularga tajovuz qiluvchi boshqa har qanday holat
Quyidagilarni ham olib tashlashimiz mumkin:
  • Brendli mahsulotlarning qalbaki nusxalari sotilayotgan yoki targÊ»ib qilinayotganini bildiruvchi belgilarni oÊ»z ichiga olgan kontent
  • Shubhali qalbaki mahsulotlar sotuvi yoki targÊ»ibotiga bagÊ»ishlangan platformadan tashqaridagi veb-saytlarga havolalarni oÊ»z ichiga olgan kontent
  • Ilgari huquq egasi tomonidan qalbaki mahsulotlar sababli ustidan shikoyat qilingan kontent bilan bir xil yoki unga nihoyatda oÊ»xshash boÊ»lgan shubhali qalbaki mahsulotlarni sotuvchi yoki targÊ»ib qiluvchi kontent
  • Mualliflik huquqining buzilishi haqida shubha qilinuvchi holatni ulashadi, targÊ»ib qiladi yoki osonlashtiradi
Biz quyidagi hisoblarni olib tashlaymiz:
  • Ushbu siyosatni qayta-qayta buzuvchi hisoblar.
Huquq egasi tomonidan ruxsat berilgan va belgilangan adolatli foydalanish tamoyillariga muvofiq boʻlgan kontentga ruxsat etiladi
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Uchinchi tomon intellektual mulk huquqlarining buzilishi yuzasidan yordam oling
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring