Zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida insonlar ekspluatatsiyasi, jumladan, odam savdosini osonlashtiradigan yoki muvofiqlashtiradigan har qanday kontent olib tashlanadi. Bizning taʼrifga koʻra, odam savdosi – bu foyda olish maqsadida insonlarning erkidan mahrum qilish bilan bogʻliq faoliyatdir. Bu insonlarni ularning xohishiga qarshi ravishda tijoriy jinsiy aloqa, mehnat yoki boshqa harakatlarni amalga oshirishga majburlash maqsadida ekspluatatsiya qilishdir. Ekspluatatsiya aldov, zoʻravonlik va majburlashga tayanadi hamda insonni erkinlikdan mahrum qilish orqali uning qadrini kamsitadi, shu bilan bir vaqtda, bundan boshqalar iqtisodiy yoki moddiy foyda oladi.
Odam savdosi koʻp qirrali global muammodir; u yoshi, ijtimoiy-iqtisodiy maqomi, etnik kelib chiqishi, jinsi yoki joylashuvidan qatʼi nazar, har qanday shaxsga taʼsir qilishi mumkin. Odam savdosining turli shakllari mavjud va har qanday odam savdosi hodisasi rivojlanishning turli bosqichlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Bu qilmish majburlash tabiatiga egaligi tufayli u qurbonlarning xohishiga qarshi ravishda amalga oshiriladi.
Odam savdosi va kontrabandasi alohida tushunchalar boʻlsa-da, ular oʻzaro bogʻliq boʻlishi hamda parallel ravishda sodir etilishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkiloti odam kontrabandasini odamlarning biror davlat hududiga xalqaro chegaralar orqali noqonuniy kirishini tashkillashtirish yoki bunga koʻmaklashish sifatida taʼriflaydi. Hatto kuch ishlatish yoki majburlash holati boʻlmasa ham, koʻp hollarda yaxshiroq hayot umidida oʻz davlatini tark etmoqchi boʻlayotgan zaif insonlarning ekspluatatsiyasiga sabab boʻlishi mumkin. Odam kontrabandasi davlatga qarshi jinoyat boʻlib, uning asosida chegarani kesib oʻtish yotadi, odam savdosi esa insonga qarshi jinoyat boʻlib, uning asosini ekspluatatsiya tashkil qiladi.
Odam savdosi yoki kontrabandasi masalalarini qoralash yoki ulardan xabardorlikni oshirish haqidagi kontentdan yoki ularni yorituvchi yangiliklardan tashqari, shaxsiy xavfsizlik va chegarani kesib oʻtish, boshpana soʻrash yoki biror mamlakatni qanday tarz etish haqida maʼlumot soʻrovchi yoki ulashuvchi kontentga ham ruxsat etiladi.
Quyidagilarni joylash taqiqlanadi:
Odam savdosining quyidagi shakllaridan biri orqali odamlarni yollash, odamlarni ekspluatatsiya qilish yoki ularga yordam berishga qaratilgan kontent, faoliyat yoki munosabatlar:
Jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi (majburlash, firibgarlik yoki kuch ishlatish bilan bogʻliq voyaga yetganlarga nisbatan har qanday tijoriy jinsiy xatti-harakat yoki voyaga yetmaganlar ishtirokidagi har qanday tijoriy jinsiy xatti-harakat).
Bolalar savdosi yoki noqonuniy farzandlikka olish.
Yetim bolalar savdosi yoki yetim bolalar bilan bogʻliq koʻngilli turizm.
Majburiy nikohlar (shu jumladan bolalar nikohi)
Mehnat ekspluatatsiyasi (jumladan, majburiy mehnat).
Majburiy maishiy mehnat.
Qayta tiklanmaydigan organlar savdosi, organni olib tashlash, donorlik yoki ekspluatatsiyaga aloqador boʻlmagan organ donorligi kontekstidagi tranplantatsiya bundan mustasno.
Majburiy jinoiy faoliyat (masalan, tilanchilik, narkotik moddalar savdosiga majburlash).
Bolalarni askarlikka olish.
Uchinchi tomon ijrochisi tijoriy jinsiy faoliyat uchun yollaydigan, shunday faoliyatga yordamlashadigan yoki bu faoliyatdan foyda (moliyaviy yoki boshqacha shaklda) oladigan kontent.
Odam kontrabandasini taklif yoki targʻib qiluvchi kontent
Odam kontrabandasi xizmatlarini soʻrovchi kontent
Ushbu siyosat qamroviga kiruvchi kontentning qoralash, taʼlim, ogohlikni oshirish yoki yangilik sifatida yoritish maqsadida joylashiniga ruxsat etiladi.
Odam ekspluatatsiyasiga oid siyosatlarimizga muvofiq, tekshiruvchilarimiz va avtomatlashtirilgan tizimlarimiz hisoblar buzilishini aniqlash va chora ko‘rishga yordam berish uchun bir qator xatti-harakat signallarini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
- Biz hisoblarni ularning boshqa qoidabuzar hisoblar bilan o‘zaro aloqasi, qoidabuzar kontentni qidirishi yoki u bilan o‘zaro aloqasi yoki biz siyosatlarimizni buzgani uchun olib tashlagan hamjamiyatlarga (masalan, guruhlarga) a’zoligi asosida olib tashlashimiz mumkin.
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz: