Firibgarlik va aldov amaliyotlari
Qoidalar haqida batafsil
OʻZGARISHLAR JURNALI
Bugun
7-Iyn, 2025
3-Okt, 2024
19-Iyl, 2024
5-Avg, 2023
29-Apr, 2022
24-Dek, 2021
25-Noy, 2021
29-Okt, 2021
27-Avg, 2021
5-May, 2020
18-Dek, 2020
19-Noy, 2020
17-Dek, 2019
4-Sen, 2019
Qoida asosnomasi
Biz foydalanuvchilar va kompaniyalarni aldov orqali pul, mol-mulk yoki shaxsiy maʼlumotlarning qoʻlga kiritish holatlaridan himoya qilishga intilamiz. Bunga qoidalarga zid kontentni olib tashlash va foydalanuvchilar va kompaniyalarni firibgarlik tuzogʻiga tushirish yoki biror harakatni bajarishga undash maqsadida qasddan aldov vositalaridan (masalan, qasddan yolgʻon axborot taqdim qilish, oʻgʻirlangan maʼlumotlar yoki mubolagʻali daʼvolar) foydalanuvchi xatti-harakatlarga qarshi kurashish orqali erishamiz. Bu bizning xizmatlardan foydalangan holda ushbu harakatlarni muvofiqlashtirish yoki targʻib qilishga qaratilgan kontentni oʻz ichiga oladi. Odamlarga ogohlikni oshirish va boshqalarga maʼlumot ulashish, shuningdek, bu kabi xatti-harakatlarni qoralash uchun ruxsat beriladi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
Quyidagi usullar orqali foydalanuvchilar va/yoki kompaniyalarni aldash yoki chalgʻitishga urinuvchi kontent:
Kredit firibgarligi
Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Kredit olish uchun foydalanuvchidan oldindan toʻlov qilishni talab qiluvchi kreditlarni taklif qiladi.
- Yoki ochiq taʼkidlagan holda, yoki kontekst asosida nazarda tutgan holda (masalan, moliyaviy maʼlumotlarni soʻramasdan kreditni tasdiqlash daʼvolari) tasdiqlashga kafolat beruvchi yoki deyarli kafolat beruvchi kreditlarni taklif qiladi.
- Eslatma: Biz tashkilot qonuniy, firibgarlik boʻlmagan kontentni joylayotganini aniqlash uchun boshqa signallarni ham, masalan, u tasdiqlangan tashkilot va bank yoki moliyaviy institut ekanini hisobga olamiz.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar firibgarligi
Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Haqiqiy pul bilan oʻynaladigan qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyin xizmatlarini taklif qiladi (“haqiqiy pul” – bu haqiqiy hayotda mahsulot yoki xizmatlarni sotib olish uchun ishlatish mumkin boʻlgan valyutadir, bunga AQSH dollari va Bitcoin kabi virtual valyutalar ham kiradi):
- mukofot yutish kafolati bilan.
- oʻyin yoki match natijalarini soxtalashtirishni nazarda tutgan yoki tan olgan holda.
- odamlardan oʻyin yoki matchni kelishishga chaqirgan yoki kelishish boʻyicha yordam yoki maslahat soʻragan holda.
Qimorga taqlidan oʻynaladigan, lekin haqiqiy pul yutib olish imkoniyati mavjud boʻlmagan ijtimoiy kazino oʻyinlari Cheklangan mahsulotlar va xizmatlarga oid Hamjamiyat qoidalari bilan tartibga solinadi.
Investitsiyaga oid yoki moliyaviy firibgarlik va aldov
- Investitsiya imkoniyatlari. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Investitsiyadan foyda olish yoki uning xatarlardan xoli ekanini kafolatlovchi investitsiya imkoniyatlarini taklif qiladi.
- Investitsiyadan foyda olish yoki kompensatsiya qisman yoki toʻliq boshqalarni ushbu sxemaga jalb qilishga asoslangan investitsiya imkoniyatlarini taklif qiladi.
- “Tezda boyib ket” tabiatiga ega va/yoki kichik investitsiyani katta daromadga aylantirishni daʼvo qiluvchi investitsiya imkoniyatlarini taklif qiladi.
- Pul mablagʻlari/naqd pulni aylantirish. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- “Naqd pulni aylantirish”, “pulni aylantirish” yoki shunga oʻxshash atamalardan ochiq foydalangan holda aylantirish yoki biror taktika yoki strategiya orqali muayyan miqdordagi kichik summani katta summaga aylantirishni taklif qiladi.
Pul yuvish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga oid firibgarlik va aldov
- Pul yuvish. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Pul yuvishni taklif qiladi yoki soʻraydi (boshqalarga oʻz bank hisobidan foydalanish yoki boshqalar nomidan pul o‘tkazishga ruxsat berish evaziga pul yoki foyda ulushini taklif qilish orqali jabrlanuvchilarni oʻzlari bilmagan holda pul yuvish jarayonining ishtirokchisiga aylanishiga sabab bo‘lishi).
- Uchinchi tomonlarga pul oʻtkazish yoki pul qabul qilish uchun jabrlanuvchining bank hisobidan foydalanishni taklif qilish orqali pul yuvishni taklif qiladi yoki soʻraydi.
- Jinoiy daromadlarni legallashtirish. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Jinoiy daromadlarni legallashtirishda yordam berishni soʻraydi, iltimos qiladi yoki taklif qiladi. Jinoiy daromadlarni legallashtirish – bu murakkab moliyaviy tranzaksiyalar ketma-ketligi orqali pulning kelib chiqishi manbasini yashirish orqali noqonuniy faoliyatdan olingan pulni qonuniy qilib koʻrsatishga urinishdir. Jumladan, bunday qilmish quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi, lekin faqat shular bilan cheklanmaydi:
- Pul mablagʻlarini SWIFT (Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar jamiyati) yoki shunga oʻxshash usullar orqali oʻtkazishni soʻrash,
- Pul mablagʻlarini qabul qilish yoki oʻtkazishda foydalanish mumkin boʻlgan bank hisoblari turlari haqida maʼlumot soʻrash yoki taklif qilish.
Soxta identifikatsiya orqali firibgarlik yoki aldov
Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Post joylovchining identifikatsiyasi yoki soʻrov tabiatini notoʻgʻri taqdim qilish orqali firibgarlik qilish yoki foydalanuvchilarni aldashga urinadi:
- Xayriya tashkiloti firibgarligi va aldovi – xayriya nihoyatda zarurligini taʼkidlangan va pul yuborish mumkin boʻlgan bank hisoblari kabi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan firibgarlik soʻrovlari orqali xayriya uchun pul oʻtkazishni soʻrash.
- Ishqiy firibgarlik yoki aldov – jinsiy boʻlmagan hamrohlik yoki munosabatni qidirish orqali onlayn ishqiy munosabat oʻrnatish va evaziga pul yoki boshqa moddiy qimmatliklarni soʻrash yoki taklif qilishga urinuvchi firibgarlik.
- Obroʻli kompaniya/tashkilot sifatida firibgarlik va aldov – firibgarlik qilish yoki aldash maqsadida oʻzini biror obroʻli kompaniya yoki tashkilotning vakili qilib koʻrsatish yoki shunday kompaniya yoki tashkilot nomidan gapirish.
Mahsulot yoki mukofot firibgarligi va aldovi
- Hukumat granti firibgarligi va aldovi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Hukumat grantlari yoki hukumatning boshqa moliyalashtirish manbalaridan yolgʻondan pul mablagʻlarini taklif qiladi. Tashkilot qonuniy, firibgarlik boʻlmagan kontentni joylayotganini aniqlash uchun turli signallarni, masalan, bu tashkilot tasdiqlangan tashkilot ekani yoki emasligini hisobga olinadi.
- Moddiy, ruhiy yoki Illuminati firibgarlik va aldov. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Biror uyushma, kult, diniy sektaga (masalan, Illuminati birodarlik jamiyati) aʼzo boʻlish yoki qoʻshilish evaziga pul, mahsulot yoki pul qiymatiga ega xizmatlar, jumladan, jismoniy, raqamli va virtual valyutalar yoki jismoniy yoxud raqamli mahsulot va xizmatlar kabi moddiy mukofotlarni taklif qiladi
- Qora sehr yoki jodu yoki sehrli ashyolardan (masalan, jodu, omad talismanlari, tumorlari, tokenlari, damlamalari, sehrli hamyon va h.k.) foydalanish uchun moddiy mukofot taklif qiladi.
- Sugʻurta firibgarligi va aldovi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Oldindan toʻlov (administrator badali, depozit yoki boshqa) soʻragan holda soxta, katta chegirmali sugʻurtani taklif qiladi.
- Boshqa odatiy sugʻurtalarga qaraganda katta miqdorda pul (kamida 30%) tejashni vaʼda qilgan holda soxta, katta chegirmali sugʻurtani taklif qiladi.
- Eslatma: Biz tashkilot qonuniy, firibgarlik boʻlmagan kontentni joylayotganini aniqlash uchun boshqa signallarni ham, masalan, u tasdiqlangan tashkilot va bank yoki moliyaviy institut ekanini tekshiramiz
- Ish oʻrniga oid firibgarlik va aldov. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Noaniq yoki mujmal ish tavsifiga ega ish oʻrinlari va arzimagan vaqt yoki harakat evaziga pul vaʼda qiluvchi tezda boyib ketish imkoniyatlarini taklif qiladi.
- Ish haqida maʼlumot bermay, shunchaki vakansiyalarni zikr qilgan holda ish oʻrinlarini taklif qiladi.
- Uydan turib ishlashni taklif qiladi, lekin vakansiya nomi xodim uydan ishlay olmasligiga ishora qiladi.
- Oldindan ish haqidagi vaʼda qilgan holda ish oʻrinlarini taklif qiladi.
- Kafolatlangan ish oʻrinlarini taklif qiladi.
- Ish berilishidan avval oldindan toʻlov talab etiladigan ish oʻrinlarini taklif qiladi.
- Eslatma: Biz tashkilot qonuniy, firibgarlik boʻlmagan kontentni joylayotganini aniqlash uchun boshqa signallarni ham, masalan, u tasdiqlangan tashkilot ekanini hisobga olamiz
- Qarz yukini yengillashtirish yoki kredit tarixini tuzatishga oid firibgarlik va aldov. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Muayyan muddat chida qarzni oʻchirish yoki bartaraf qilish yoxud muayyan summaga kamaytirishni vaʼda qiladi.
- Barcha qarzni undirish yoki sud daʼvolarini toʻxtatish yoki bekor qilishga vaʼda beradi.
- “Yangi hukumat dasturi” yoki qonundagi oʻzgarish yoxud shunga oʻxshash boshqa bayonot orqali qarzdan ozod qilish yoki qarzni bekor qilishda vaʼda beradi.
- Kredit hisobotlaridagi kredit tarixi maʼlumotlarini oʻchirish yoki olib tashlash yoki yangi “kredit tarixini” yaratishga vaʼda beradi.
- Eslatma: Biz tashkilot qonuniy, firibgarlik boʻlmagan kontentni joylayotganini aniqlash uchun boshqa signallarni ham, masalan, u tasdiqlangan tashkilot va bank yoki moliyaviy institut ekanini hisobga olamiz
- Giveaway firibgarligi va aldovi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Foydalanuvchilardan quyidagilar evaziga kafolatlangan haqiqiy pul mukofotini taklif qiladi:
- Tashqi havola orqali registratsiya qilish.
- Shaxsni tasdiqlovchi axborotlar (PII) yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlarni ulashish.
- Platformadan tashqarida yoki platformada shaxsiy xabarlar orqali bogʻlanish.
- Hech qanday harakatni amalga oshirmaslik.
- Oldindan toʻlov firibgarligi va aldovi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Oldindan toʻlov/bank oʻtkazmasi/badal evaziga yolgʻondan pul taklif qiladi.
Soxta hujjatlar firibgarligi va aldovi
- Soxta yoki qalbaki hujjatlar. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Soxta yoki qalbaki hujjatlarni soʻrash, yaratish, sotish, xarid qilish yoki ularning savdosi bilan shugʻullanishni taklif qiladi.
- Vizalar yoki grin-kartalar sotuvini taklif qiladi.
- Viza yoki grin-kartaning tasdiqlanishiga kafolat beradi.
- Foydalanuvchilarga odatda talab etiladigan hujjatlarni toʻldirmasdan vizani tasdiqlash imkonini beradi.
- Soxta yoki qalbaki valyuta. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Soxta yoki qalbaki valyutani sotish, sotib olish yoki ayirboshlashni taklif qiladi. Agar stol oʻyinlari maqsadida ekani aniq koʻrsatilgan boʻlsa, stol oʻyinlari valyutasi (masalan, Monopoliya valyutasi) bundan mustasno.
- Soxta yoki qalbaki vaucherlar. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Soxta yoki qalbaki vaucherlarni ulashish, sotish, sotib olish yoki ayirboshlashni taklif qiladi.
- Quyidagi usullardan biri orqali noodatiy narxni qoʻlga kiritish maqsadida moddiy yoki raqamli kupon yoki vaucherlardan foydalanishni targʻib qiladi, soʻraydi yoki shunday qilganlikni tan oladi:
- mahsulotlarni ularga taalluqli boʻlmagan kupon yoki vaucherlar orqali xarid qilish yoki
- muddati tugagan kupon yoki vaucherlardan foydalanish.
- Soxta yoki qalbakilashtirilgan taʼlim yoxud kasbiy sertifikatlar. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Soxta yoki qalbakilashtirilgan taʼlim yoki kasbiy sertifikatlarni sotish, sotib olish yoki ularning savdosini taklif qiladi.
Oʻgʻirlangan maʼlumotlar, mahsulotlar yoki xizmatlar firibgarligi va aldovi
- Karding firibgarligi va aldovi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Oʻgʻirlangan kredit kartalari yoki noqonuniy xaridlar uchun ishlatish mumkin boʻlgan boshqa moliyaviy instrumentlarni sotib olish, sotish yoki ularning savdosi bilan shugʻullanishga (“karding” deb ham ataladi) taalluqli.
- PII firibgarligi yoki aldovi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Shaxsni tasdiqlovchi axborotlar yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlarni sotish, sotib olish yoki ayirboshlashni taklif qiladi. Bunday maʼlumotlar oʻylab topilgan personajga tegishli hollar bundan mustasno.
- Soxta sharh firibgarligi va aldovi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Mahsulotga sharhlar yoki baholarni sotib olish, sotish yoki ularning savdosi bilan shugʻullanishga chaqiradi.
- Foydalanuvchilarni chegirma, qaytarma yoki bepul mahsulot evaziga sharh yozishga ochiq yoki zimdan ragʻbatlantiradi.
- Obuna firibgarligi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Nomini aytish yoki logotipini ulashish orqali biror pulli onlayn xizmatni zikr qilgan holda obuna xizmatlariga kirish maʼlumotlarini (muayyan intervallarda takroriy toʻlovlarni talab qiluvchi onlayn xizmatlarga kirish maʼlumotlari) sotib olish, sotish yoki ayirboshlashni taklif qiladi.
- Eslatma: Biz tashkilot qonuniy, firibgarlik boʻlmagan kontentni joylayotganini aniqlash uchun boshqa signallarni ham, masalan, u tasdiqlangan tashkilot va bank yoki moliyaviy institut ekanini hisobga olamiz.
- Koʻchirmachilikka oid firibgarlik yoki aldov. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent:
- Quyidagilarni ulashish, sotish, sotib olish yoki ularning savdosi bilan shugʻullanish bilan bogʻliq boʻladi:
- Kelgusidagi imtihonlarning savollar yoki javoblar varaqalari.
- Imtihonlarda koʻchirmachilik qilish imkonini beruvchi mahsulot yoki xizmatlar.
- Giyohvand moddalar testidan ruxsat etilmagan tarzda oʻtish imkonini beruvchi mahsulot yoki xizmatlar.
Qurilmalardan ruxsat etilmagan tarzda foydalanishga oid firibgarlik va aldov
- Qurilmani manipulyatsiya qilish firibgarligi va aldovi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent
- Manipulyatsiya qilingan, oʻzgartirilgan yoki soxta oʻlchov qurilmalarini sotib olish, sotish, ulashish yoki ularning savdosi bilan shugʻullanishga chaqiradi.
- Narxni notoʻgʻri koʻrsatish maqsadida qurilmalarni manipulyatsiya qilishni targʻib qiladi, shunda qilishga chaqiradi yoki shunday qilganlikni tan oladi.
- Raqamli kontent firibgarligi. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent
- Raqamli kontentga ruxsat etilmagan tarzda kirishni osonlashtiradigan yoki ragʻbatlantiradigan mahsulotlarni taklif qiladi yoki soʻraydi. Raqamli kontentga quyidagilar kiradi, lekin faqat shular bilan cheklanmaydi: boyitilgan raqamli televideniye priyomniklari, toʻliq yuklangan/KODI oʻrnatilgan priyomniklar va KODI xizmatlari.
Aldov va adashtiruvchi amaliyotlar
- Salomatlikka oid adashtiruvchi amaliyotlar. Quyidagi xususiyatlarga ega kontent
- Boʻrttirilgan yoki mubolagʻali daʼvolarni qiluvchi taʼsirli nutqdan foydalanish kabi klikbeyt taktikalari yordamida ozish kontekstida sogʻliqni saqlashga oid yolgʻon yoki adashtiruvchi daʼvolar yoki kafolatlarni targʻib qiladi
Quyidagi kontent turlarini faqat 18 yosh yoki undan kattalar koʻrishi mumkin qilib cheklaymiz:
Quyidagi xususiyatlarga ega kontent
- Hech qanday malakasiz yoki javobgarlikni oʻzidan soqit qiluvchi ogohlantirishsiz muayyan vaqtda ozishga oid aniq natijalarni vaʼda qiladi.
Yuqoridagiga qaramasdan, maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilmagan yoki firibgarlik yoxud aldovni targʻib qilmagan holda firibgarlik va aldov haqida boshqalarga maʼlumot beradigan, ogohlikni oshiradigan yoki qoralaydigan kontentga ruxsat beriladi
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
- Quyidagilarni olib tashlashimiz mumkin:
- Ishonchli subyekt tomonidan ustidan shikoyat qilingan firibgarlik/aldovga aloqador kontent.
- Poraxoʻrlik yoki noqonuniy oʻzlashtirishga aloqador kontent.
- Foydalanuvchilarni aldash yoki yanglishtirish maqsadida vaksinalarni taklif qiluvchi kontent.
- Firibgarlik qilish yoki aldash maqsadida soxta shaxsni yaratishga urinadigan, oʻzini mashhur shaxs qilib koʻrsatadigan yoki mashhur shaxsning tasviridan ruxsatsiz foydalanadigan kontent.
- Jismoniy shaxslarni yashirin tarzda koʻrish yoki yozib olishga yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan mahsulot yoki xizmatlar, masalan, josus kameralar, mobil telefon trekerlari (jumladan, nomaʼlum telefon raqamlarini kuzatish imkonini beradigan trekerlar) yoki boshqa yashirin kuzatuv qurilmalarini taklif qiladigan yoki soʻraydigan kontent.
- Oʻzini hukumat tashkilot yoki yangiliklarni yorituvchi OAV vakili qilib koʻrsatish, taʼsirli nutqdan foydalanish yoki boʻrttirilgan daʼvolardan foydalanish orqali jamoaviy daʼvo jarayoni ishtirok etish uchun yollash imkoniyatlarini taklif qiluvchi kontent.
- Foydalanuvchilardan shaxsiy maʼlumotlarni kiritishni soʻraydigan obuna xizmatlarini taklif qiluvchi kontent.
- Biz subyektlarga uyushgan firibgarlik yoki firibgarlik xatti-harakatlarida ishtirok etish yoki ishtirok etishni da’vo qilish, jumladan, firibgarlik xatti-harakatlarini sodir etish uchun xizmatlarimizda bir nechta hisoblardan birgalikda foydalanishga ruxsat bermaymiz.
Ayrim hollarda satirik xususiyatga ega deb topilgan, lekin bunday xususiyatga ega boʻlmaganida Hamjamiyat qoidalarini buzishi mumkin boʻlgan kontentning joylanishiga ruxsat beriladi. Kontentning qoidalarni buzadigan elementlari biror narsa yoki kishini masxara yoki tanqid qilish maqsadida satira qilingan yoxud ularda shunday narsa yoki kishiga nisbat berilgan hollardagina bunday kontentga ruxsat beriladi.
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Firibgarlik, tovlamachilik va aldov amaliyotlari boʻyicha yordam oling
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring