Xavfli tashkilotlar va shaxslar

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Biz real hayotda kimgadir zarar yetkazilishining oldini olishga intilamiz, shu sababli platformalarimizda zoʻravonlik qiluvchi yoki shunday qilish niyatini bayon qiluvchi tashkilot yoki shaxslar taqiqlanadi. Bunday shaxslarni baholashda ularning ham onlayn, ham oflayn xatti-harakatlari, ayniqsa, zoʻravonlik bilan aloqalari hisobga olinadi. Ushbu siyosatga muvofiq, biz shaxslar, tashkilotlar va insonlar tarmoqlarini belgilar orqali ajratamiz. Bu belgilar kontentga nisbatan qoidalarning qoʻllanilish meʼyoriga qarab ikki darajaga boʻlinadi; 1-daraja qoidalar ijrosi boʻyicha eng keng qamrovli chorasidir, chunki bu darajaga kiruvchi shaxslarning real hayotda yetkaziladigan zararga bevosita aloqadorlik darajasi eng yuqori deb hisoblaymiz.
1-daraja real hayotda jiddiy zarar yetkazuvchi shaxslarga, jumladan, tinch aholiga qarshi zoʻravonlikni tashkillashtiruvchi yoki maʼqullovchi, himoyalangan xususiyatlar asosida insonlarning qadr-qimmatini qayta-qayta kamsituvchi va insonlarga zarar yetkazilishini maʼqullovchi yoki tizimli jinoiy faoliyatda ishtirok etuvchi shaxs va tashkilotlarga qaratilgan. 1-daraja quyidagilarni oʻz ichiga oladi: nafrat qoʻzgʻatuvchi tashkilotlar; jinoiy tashkilotlar, jumladan, AQSH hukumati tomonidan narkotik vositalarning noqonuniy aylanmasi ishtirokchisi (SDNTK) sifatida belgilangan tashkilotlar, shuningdek, terroristik tashkilotlar, jumladan, AQSH hukumati tomonidan chet el terroristik tashkiloti (FTO) yoki maxsus belgilangan xalqaro terrorchilar (SDGT) sifatida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslar. Biz 1-darajaga kiruvchi tashkilotlarni, ularning yetakchilari, asoschilari va taniqli aʼzolarini maqtaydigan, jiddiy dastaklaydigan yoki ifoda etadigan, shuningdek, ularga noaniq havola beradigan kontentni olib tashlaymiz.
Bundan tashqari, Meta tomonidan zoʻravonlik tadbirlariga oid qoidalarni buzuvchi deb belgilangan qilmishlar, jumladan, terrorchilik hujumlari, nafratga asoslangan harakatlar, bir nechta qurbonli zoʻravonlik yoki shunday zoʻravonlikka urinish, seriyali qotillik yoki nafratga asoslangan jinoyatlarni ulugʻlaydigan, dastalaydigan yoki ifoda etadigan kontent ham taqiqlanadi. Quyidagilar ham taqiqlanadi: (1) bunday hujumlarni sodir etuvchi(lar)ni ulugʻlash, dastaklash yoki ifoda etish; (2) bunday hujumlarga oid jinoyatchi tomonidan yaratilgan kontent; yoki (3) koʻrish mumkin boʻlgan qurbonlarga qilingan bunday hujumlarlar aks etgan uchinchi tomon tasvirlari. Shuningdek, nafratni targʻib qiluvchi gʻoyalarni (masalan, natsizm va oq tanlilarning oliy irq ekani) ulugʻlovchi, dastaklovchi yoki ifoda etuvchi kontent ham olib tashlanadi. Bunday belgilangan hodislar yoki gʻoyalarni noaniq tarzda tilga olgan kontent ham olib tashlanadi.
2-daraja harbiy ziddiyatda davlat yoki harbiy subyektlarga qarshi zoʻravonlikda ishtirok etuvchi, lekin fuqarolarni qasddan nishonga olmaydigan nodavlat zoʻravonlik subyektlarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, bu kelgusidagi zoʻravonlikka tayyorlanayotgan yoki buni targʻib qilayotgan, lekin joriy vaqtgacha zoʻravonlik harakatlarida ishtirok etmagan zoʻravonlik keltirib chiqaruvchi tashkilotlarni ham oʻz ichiga oladi. Bular, shuningdek, Nafratomuz xatti-harakat yoki Xavfli shaxslar va tashkilotlarga oid qoidalarimizni ushbu platforma yoki undan tashqarida qayta-qayta buzishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan tashkilotlar hamdir. Bunday tashkilotlar, ularning yetakchilari, asoschilari va taniqli aʼzolarini ulugʻlaydigan, dastaklaydigan yoki ifoda etadigan har qanday kontentni olib tashlaymiz.
Biz foydalanuvchilar ijtimoiy va siyosiy nutq kontekstida belgilangan xavfli shaxslar va tashkilotlarni tilga oluvchi kontentni ulashishi mumkinligini tushunamiz. Bu xavfli shaxslar va tashkilotlar yoki ularning harakatlari haqida xabar beruvchi, neytral tarzda muhokama qiluvchi yoki ularni qoralovchi kontentni oʻz ichiga oladi.
Yangiliklarni yoritishga belgilagan xavfli shaxslar va tashkilotlar ishtirokidagi mahalliy va global hodisalar haqida xabardorlikni oshirish maqsadida ulashiladigan axborotni oʻz ichiga oladi.
  • Masalan: “Tezkor yangilik: Al-Shabab Somalidagi terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi”
  • Masalan “Vaqt va ekspert tahlili: Buffalo supermarketidagi otishma qanday yuzaga keldi va jinoyatchi sudda nima dedi”
Neytral muhokama belgilangan xavfli shaxslar yoki tashkilotlar yoxud ularning xatti-harakatlariga oid ijobiy baho berishni ifodalamaydigan faktik bayonotlar, sharh, savollar va boshqa axborotni oʻz ichiga oladi.
  • Masalan: “Al-Qoida yetakchilik va moliyaviy manbalarning yetishmasligi sababli ISHIDga qaraganda kamroq xavf tugʻdiradi”
  • Masalan “Anders Breivik radikallashuv jarayoni qanchalik murakkab ekanligiga misoldir”
Qoralash belgilangan xavfli tashkilot yoki shaxsga va ularning xatti-harakatlariga nisbatan norozilik, jirkanish, rad etish, tanqid, masxara va boshqa salbiy ifodalarni oʻz ichiga oladi.
  • Masalan “Men Salvador Ramosning jinoyatidan nafratlanaman. Sudyaning gaplari menga juda taʼsir qildi. Sud unga rahm qilmasligi kerak”
  • Masalan “Gitlerning jinoyatlari hech qachon unutilmaydi. Ular tarixdagi eng qabih ishlardandir”
Qoidalarimiz oflayn zarar yetkazilish xavfini cheklash bilan bir qatorda, bu turdagi muhokamalarga ruxsat beradi. Shu sababli bunday post yaratayotgan yoki ulashayotganda odamlardan oʻz maqsadini aniq koʻrsatish talab etiladi. Agar foydalanuvchining maqsadi noaniq boʻlsa, bunday kontent olib tashlanadi.
Xalqaro inson huquqlari qonunlariga muvofiq, agar kontentda belgilangan tashkilotlar yoki zoʻravonlikka undash kabi boshqa qoidalarni buzish holatlari ulugʻlanmasa, dastaklanmasa yoki ifoda etilmasa, qoidalarimiz belgilangan jismoniy shaxslar yoki belgilangan xavfli tashkilotlar aʼzolarining insoniy huquqlari haqidagi muhokamalarga ruxsat beradi.
Xalqaro tan olingan inson huquqlariga sodiqligimiz haqida batafsil maʼlumot olish uchun Inson huquqlari boʻyicha korporativ siyosatimiz bilan tanishing.
Quyidagilar olib tashlanadi:
Turli xavfli tashkilotlar va shaxslarni ulugʻlovchi, dastaklovchi yoki ifodalovchi kontent olib tashlanadi. Bu tushunchalar ushbu tashkilotlarning oʻzi, ularning faoliyati va aʼzolariga tatbiq etiladi. Bu tushunchalar muayyan siyosiy natijalarni tinch yoʻl bilan dastaklashni taqiqlamaydi.
Ulugʻlash, yaʼni quyidagilardan istalgan biri:
  • Belgilangan tashkilotlarning zoʻravon yoki nafratomuz harakatlari axloqiy, siyosiy, mantiqiy ekanini daʼvo qilish yoki boshqacha tarzda ularni maqbul yoki asosli qilib koʻrsatuvchi oqlov orqali bunday harakatlarga qonuniylik tusini berish yoki ularni himoya qilish.
    • Masalan: “Gitler hech qanday xato ish qilmagan”.
  • Belgilangan tashkilotning zoʻravonligi yoki nafratini yutuq yoki muvaffaqiyat sifatida tavsiflash yoki nishonlash;
    • Masalan: “Hizbul Mujahideen ozod va mustaqil Kashmir uchun urushda gʻalaba qozonmoqda”
  • Belgilangan tashkilotga aʼzo boʻlish istagini bildirish yoki belgilangan tashkilot yoxud qonunga zid zoʻravonlik hodisasi jinoyatchisi boʻlishni xohlash haqidagi bayonot.
    • Masalan “IShIDga qoʻshilish va Xalifalik tarkibiga kirishni xohlardim”
1- va 2-darajali shaxs/tashkilotlar va belgilangan hodisalarni ulugʻlovchi kontent olib tashlanadi.
1-daraja va belgilangan hodisalar uchun, agar foydalanuvchining maqsadi aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, noaniq yoki kontekstsiz tilga olish holatlarini ham olib tashlaymiz. Bu belgilangan tashkilot zoʻravonligi yoki nafratini ulugʻlamaydigan izohsiz yoki ijobiy tilga olishlar, noaniq yumorni oʻz ichiga oladi.
Dastaklash, yaʼni quyidagilardan istalgan biri:
  • Moddiy jihatdan dastaklash
    • Belgilangan shaxs/tashkilotning moliyaviy holatini yaxshilaydigan har qanday harakat, jumladan, uning hisobiga yoki uning hisobidan pul mablagʻlarini oʻtkazish;
      • Masalan: “Ku-kluks-klanga xayriya qiling!”
    • Belgilangan shaxs/tashkilot yoki hodisaga moddiy yordam beruvchi beruvchi har qanday harakat;
      • Masalan: “Sinaloa karteliga posilka yubormoqchi boʻlsangiz, quyidagi manzilga joʻnating”.
    • Belgilangan shaxs/tashkilot yoki hodisa nomidan ishtirokchi toʻplash;
      • Masalan: “Xalifalik uchun kurashmoqchi boʻlsangiz, menga shaxsiy xabardan yozing”.
  • Boshqa turdagi dastak
    • Belgilangan shaxs/tashkilot yoki hodisa nomidan maʼlumot yoki resurslarni, shu jumladan, rasmiy xabarlarni uzatish;
      • Masalan, belgilangan shaxs/tashkilotni qoralaydigan, neytral muhokama qiladigan izohsiz yoki yangilik reportajining bir qismi boʻlmagan holda undan bevosita iqtibos keltirish.
    • Belgilangan shaxs/tashkilot yoki hodisa nomidan harakatga chaqiruvni joylash;
      • Masalan: “Atomwaffen boʻlinmasiga murojaat qiling – (XXX) XXX-XXXX”
1-darajani dastaklovchi yoki 2-darajani jiddiy dastaklovchi kontent olib tashlanadi.
Ifodalash, yaʼni quyidagilardan istalgan biri:
  • Oʻzini belgilangan shaxs yoki belgilangan tashkilot aʼzosi ekanini taʼkidlash;
    • Masalan: “Men Ku-kluks-klanning buyuk ajdariman”.
  • Belgilangan shaxs/tashkilot egalik qiladigan yoki egalik qilishini daʼvo qiladigan yoki uning nomidan yuritiladigan yoki belgilangan hodisa boʻlgan yoki shunday hodisa ekanlikni daʼvo qiladigan sahifa, profil, tadbir, guruh yoki boshqa Facebook obyektini yaratish.
    • Masalan, “Amerika natsistlar partiyasi” nomli sahifa.
1- va 2-darajali belgilangan tashkilotlar va belgilangan hodisalarni ifodalovchi kontent olib tashlanadi.
Xavfli tashkilotlarning turlari va darajalari
1-daraja: Terrorizm, nafrat asosidagi uyushgan faoliyat, keng qamrovli jinoiy faoliyat, bir qancha qurbonlarga nisbatan zoʻravonlik yoki shunday zoʻravonlikka urinish, seriyali qotillik va qonunlarni buzadigan zoʻravonlik hodisalari
Uyushgan jinoyatchilikka aloqador jismoniy shaxslar yoki tashkilotlar, jumladan, AQSH hukumati tomonidan narkotik vositalarning noqonuniy aylanmasi ishtirokchisi (SDNTK) sifatida belgilangan tashkilotlar, shuningdek, nafrat qoʻzgʻatuvchi va terroristik tashkilotlar, jumladan, AQSH hukumati tomonidan chet el terroristik tashkiloti (FTO) yoki maxsus belgilangan xalqaro terrorchilar (SDGT) sifatida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning platformamizda mavjud boʻlishi taqiqlanadi. Shuningdek, ushbu tashkilotlarning vakili sifatida faoliyat yurituvchi boshqa kishilar ham taqiqlanadi. Platformamizda ushbu tashkilotlar yetakchilari yoki taniqli aʼzolarining mavjud boʻlishi, ularni ifodalaydigan ramzlardan foydalanilishi yoki ular yoxud ularning harakatlarini ulugʻlaydigan, jumladan, ularga noaniq havola beradigan kontent taqiqlanadi. Bundan tashqari, bunday shaxs va tashkilotlarni dastaklovchi har qanday kontent olib tashlanadi.
Meta tomonidan terrorchilik hujumlari, nafratga asoslangan harakatlar, bir nechta qurbonli zoʻravonlik yoki shunday zoʻravonlikka urinish, seriyali qotillik, nafratga asoslangan jinoyatlar yoki zoʻravonlik hodisalariga oid qoidalarni buzuvchi deb belgilangan harakatlarni ulugʻlaydigan, dastalaydigan yoki ifoda etadigan kontent taqiqlanadi. Quyidagilar ham taqiqlanadi: (1) bunday hujumlarni sodir etuvchi(lar)ni ulugʻlaydigan, dastaklaydigan yoki ifoda etadigan kontent; (2) bunday hujumlarga oid jinoyatchi tomonidan yaratilgan kontent; yoki (3) koʻrish mumkin boʻlgan qurbonlarga qilingan bunday hujumlarlar aks etgan uchinchi tomon tasvirlari.
Bundan tashqari, belgilangan nafrat qoʻzgʻatuvchi gʻoyalarni ulugʻlash, dastaklash yoki ifodalash, shuningdek, ularni noaniq tarzda tilga olishga ham ruxsat etilmaydi.
Terroristik tashkilotlar va shaxslar, yaʼni quyidagilarni amalga oshiruvchi nodavlat subyektlar:
  • Maqsadli va rejalashtirilgan zoʻravonlik harakatlarida Ishtirok etish, bunday harakatlarni targʻib qilish yoki jiddiy dastaklash.
  • Tinch aholining yoki qurolli ziddiyatlarda jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etmaydigan boshqa shaxslarning oʻlimi, jarohati yoki jiddiy zararlanishiga sabab boʻlishi yoki bunga urinish va/yoki tinch aholining oʻlimi, jiddiy jarohati yoki zararlanishiga olib keluvchi mulkka zarar yetkazadigan harakatlarni amalga oshirish.
  • Oddiy aholi, hukumat yoki xalqaro tashkilotlarni qoʻrqitish, majburlash va/yoki ularga taʼsir oʻtkazish maqsadida faoliyat yuritish.
  • Siyosiy, diniy yoki mafkuraviy maqsadga erishish uchun faoliyat yuritish.
Nafrat qoʻzgʻatuvchi tashkilot deganda boshqalarning himoyalangan xususiyatlari asosida ularga nisbatan nafratni ragʻbatlantiruvchi va tarqatuvchi tashkilot yoki shaxs tushuniladi. Bu tashkilotning faoliyati quyida xatti-harakatlarning kamida ayrimlari bilan tavsiflanadi:
  • Zoʻravonlik, tahdidli ritorika yoki odamlarga ularning himoyalangan xususiyatlariga asosida tazyiq oʻtkazishning xavfli shakllari;
  • Nafratomuz nutqdan takroran foydalanish;
  • Nafrat qoʻzgʻatuvchi gʻoyalar yoki boshqa belgilangan nafrat qoʻzgʻatuvchi tashkilotlarni ifoda qilish, va/yoki
  • Belgilangan nafrat qoʻzgʻatuvchi tashkilotlar yoki nafrat qoʻzgʻatuvchi gʻoyalarni ulugʻlash yoki dastaklash.
Jinoiy tashkilotlar, yaʼni quyidagi xususiyatlarga ega uch yoki undan ortiq kishining ittifoqi:
  • Biror nom, rang(lar), imo-ishora(lar) yoki tanib olinadigan belgi ostida birlashgan; va
  • qotillik, giyohvand moddalar kontrabandasi yoki odam oʻgʻirlash kabi jinoiy qilmishlarni sodir etgan yoki sodir etish bilan tahdid qiladi.
Bir nechta qurbonli zoʻravonlik yoki seriyali qotillik
  • Agar qilmishning bitta epizodda kamida uch nafar jabrlanuvchini (oʻlim yoki jiddiy jarohat holatini) keltirib chiqarsa, bunday qilmish bir nechta qurbonli zoʻravonlik yoki shunday zoʻravonlikka suiqasd deb hisoblanadi. Bunday qilmishni sodir etgan shaxs bir nechta qurbonli zoʻravonlik harakatini sodir etgan yoki sodir etishga uringan shaxs deb hisoblanadi.
  • Bir nechta epizod yoki joylarda ikki yoki undan ortiq qotillikni sodir etgan shaxs seriyali qotil deb hisoblanadi.
Nafratni qoʻzgʻatuvchi mafkuralar
  • Tashkilotlar va shaxslarni belgilashda ularning xulq-atvoriga eʼtibor qaratiladi, biroq biz tabiatan zoʻravonlikka asoslangan va odamlarni boshqalarning himoyalangan xususiyatlari asosida ularga qarshi zoʻravonlik yoki ularni chetlatishga chaqiruvlar atrofida birlashtirishga harakat qiladigan ayrim mafkuralar va eʼtiqodlar mavjudligini ham tan olamiz. Bunday hollarda biz mafkuraning oʻzini belgilab, bu mafkurani dastaklovchi kontentni platformamizdan olib tashlaymiz. Bu gʻoyalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
    • Natsizm
    • Oq irqning oliyligi
    • Oq tanlilar millatchiligi
    • Oq tanlilar separatizmi
  • Bu mafkuralarni ochiqdan-ochiq ulugʻlaydigan, dastaklaydigan yoki ifoda etadigan kontent, shuningdek, ushbu nafratni qoʻzgʻatuvchi mafkuralarning bir yoki undan ortigʻining tarafdori sifatida tanilgan jismoniy shaxs va tashkilotlarning profillari oʻchiriladi.
2-daraja: Nodavlat zoʻravonlik subyektlari va zoʻravonlikni keltirib chiqaruvchi tashkilotlar
Meta tomonidan nodavlat zoʻravonlik subyektlari yoki zoʻravonlikni keltirib chiqaruvchi tashkilotlar deb belgilangan tashkilot va shaxslarning platformalarimizda shaxsan yoki ularning nomidan harakat qiluvchi boshqa foydalanuvchilar orqali mavjud boʻlishiga ruxsat etilmaydi. Bu hamjamiyatlar harbiy ziddiyatlardagi davlat yoki harbiy subyektlarga qarshi zoʻravonlikda faol ishtirok etishi (nodavlat zoʻravonlik subyektlari) yoki kelgusidagi zoʻravonlikka tayyorlanayotgani yoki buni targʻib qilayotgani yoki bu uchun sharoitlar yaratayotgani (zoʻravonlikni keltirib chiqaruvchi tashkilotlar) sababli, bu tashkilotlarni moddiy jihatdan dastaklash taqiqlanadi. Shuningdek, ushbu tashkilotlarni ulugʻlovchi kontent ham olib tashlanadi.
Nodavlat zoʻravonlik subyektlari deganda quyidagi xususiyatlarga ega har qanday nodavlat subyekt tushuniladi:
  • Qurolli mojarolar sharoitida jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etuvchi hukumat, harbiy yoki boshqa qurolli guruhlarni nishonga oluvchi maqsadli va rejali oʻta ogʻir darajadagi zoʻravonlik harakatlarini amalga oshiradi hamda doim ham tinch aholini oʻta ogʻir darajadagi zoʻravonlik bilan qasddan va aniq nishonga olmaydi; VA/YOKI
  • Hamjamiyatlarni muhim infratuzilma yoki tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatidan mahrum qiladi; VA/YOKI
  • Oʻlim, oʻgʻir tan jarohati yoki tinch aholiga jiddiy shikast yetkazish bilan bogʻli boʻlmagan, infratuzilmaga sezilarli darajada zarar yetkazishga qaratilgan hujumlarda ishtirok etadi.
Zoʻravonlikni keltirib chiqaruvchi tashkilotlar quyidagicha tavsiflanadi:
Zoʻravonlikni keltirib chiqaruvchi tashkilot (umumiy) – bu nodavlat subyekt boʻlib, u:
  • O‘zining e’lon qilingan maqsadi yoki vazifasi sifatida zo‘ravonlik orqali hukumatning o‘rniga yoki unga qo‘shimcha ravishda ruxsat etilmagan davlat majburlov funksiyasini (masalan, politsiya, harbiy yoki immigratsiya nazorati) amalga oshirishni ta’minlashni, yoki zo‘ravonlik orqali hukumatning majburlov funksiyasini izdan chiqarishni ko‘zlasa;
  • Meta platformalarida ushbu e’lon qilingan maqsadga erishish yo‘lida sezilarli qadamlar qo‘ygan bo‘lsa; va
  • Yuqori darajadagi zo‘ravonlik bilan tahdid qilish yoki uni qo‘zg‘atishga qaratilgan bir nechta holatlarda (onlayn yoki oflayn) ishtirok etgan bo‘lsa;
Nafratni targʻib qilgani uchun taqiqlangan shaxslar va tashkilotlar – bu nodavlat subyektlar boʻlib, ular:
  • Qayta-qayta nafratni qoʻzgʻatuvchi xatti-harakatlarni sodir etadi yoki shunday bayonotlarni beradi, lekin zoʻravonlik harakatlarini sodir etmagan yoki sodir etishni ochiq-oydin targʻib qilmagani yoxud avval belgilangan tashkilot yoki shaxslar bilan yetarlicha aloqaga ega boʻlmagani sababli 1-darajaga kirmaydi.
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
  • Ayrim hollarda satirik xususiyatga ega deb topilgan, lekin bunday xususiyatga ega boʻlmaganida Hamjamiyat qoidalarini buzishi mumkin boʻlgan kontentning joylanishiga ruxsat beriladi. Kontentning qoidalarni buzadigan elementlari biror narsa yoki kishini masxara yoki tanqid qilish maqsadida satira qilingan yoxud ularda shunday narsa yoki kishiga nisbat berilgan hollardagina bunday kontentga ruxsat beriladi.
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Maʼlumotlar
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishi haqida oxirgi hisobot koʻrish
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Xavfli shaxslar yoki tashkilotlar yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring