Uyushgan holda zarar yetkazish va jinoiy faoliyatni targʻib qilish

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Oflayn zarar yetkazilishi va xatti-harakatga taqlid qilinishining oldini olish maqsadida insonlar, kompaniyalar, mulk yoki hayvonlarga qaratilgan muayyan jinoyatlar yoki zararli harakatlarga yordam berish, ularni tashkillashtirish, targʻib qilish va sodir etganlikni tan olish taqiqlanadi. Jinoiy va zararli qilmishlarning qonuniyligini muhokama qilish va himoya qilish, shuningdek, agar zarar yetkazilishi oqlanmasa yoki muvofiqlashtirilmasa, insonlar kelajakda guvoh boʻlishi yoki duch kelishi mumkin boʻlgan zararli yoxud jinoiy qilmishlarga eʼtiborni jalb qilishga ruxsat beriladi.
Quyidagilar olib tashlanadi:
Insonlarga zarar yetkazish
  • Oshkor qilish: biror insonning shaxsini yoki u bilan bogʻliq joylarni oshkor qiluvchi kontent, agar bu inson:
    • Shaxsini oshkor qilish xavfi ostida boʻlganlar guruhi aʼzosi boʻlsa; va/yoki
    • Shaxsini oshkor qilish xavfi ostida boʻlganlar guruhi aʼzosi (aʼzolari) bilan oilaviy va/yoki ishqiy munosabatda boʻlsa; va/yoki
    • Shaxsini oshkor qilish xavfi ostida boʻlganlar guruhini dastaklashga qaratilgan professional faoliyat bilan shugʻullangan boʻlsa (siyosiy faoliyat bundan mustasno).
  • Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, harbiylar yoki xavfsizlik xizmati xodimlarining maxfiylik maqomini oshkor qilish, agar kontent agentning ismi, uning yuzi yoki nishoni yoxud quyidagilardan birini oʻz ichiga olsa:
    • Agent ishlaydigan huquqni muhofaza qilish organi
    • Agent olib borayotgan huquqni muhofaza qilish operatsiyasi
    • Ularning maxfiylik maqomini ochiq zikr qilish
  • Svatingni muvofiqlashtirish, dastaklash, svating sodir etganlikni tan olish yoki svating bilan tahdid qilish, ogohlikni oshirish yoki qoralash kontekstida, toʻqima yoki sahnalashtirilgan holatlarda va tavba qilish maqsadida sodir etilgan hollar bundan mustasno.
  • Tez ommalashuvchi xavfli chellenjni aks ettirish, targʻib qilish, oqlash yoki unda qatnashishga ragʻbatlantirish, ogohlikni oshirish yoki qoralash kontekstida boʻlgan hollar bundan mustasno. Bu kontekstlardagi tasvirlar aks ettirilgan boʻlsa, odamlarni kontent nozik boʻlishi mumkinligidan xabardor qilish uchun quyidagi ularga ogohlantirish yorligʻi kiritiladi.
Hayvonlarga zarar yetkazish
  • Hayvonlarga nisbatan jismoniy zarar yetkazish harakatlarini (yozma, vizual yoki ogʻzaki shaklda) muvofiqlashtirish, dastaklash, sodir etganlikni tan olish yoki shunday harakatlar bilan tahdid qilish. Quyidagi holatlar bundan mustasno:
    • Ogohlikni oshirish yoki qoralash
    • Tavba qilish
    • Oʻzini, boshqa inson yoki jonivorni himoya qilish yoki tirik qolish
    • Toʻqima yoki sahnalashtirilgan holatlar, hayvonlarning sahnalashtirilgan janglari yoki hayvonlarni qutqarishning simulyatsiyasi tasvirlangan hollar bundan MUSTASNO
    • Ov yoki baliq ovlash
    • Diniy maqsadda qurbonlik
    • Oziq-ovqat tayyorlash yoki unga qayta ishlov berish
    • Zararkunandalar yoki parazitlar
    • Tuzatib boʻlmas kasallikdan aziyat chekayotganda oʻldirish
    • Buqalar jangi
  • Sahnalashtirilgan hayvonlar janglarini muvofiqlashtirish, dastaklash, namoyish qilish, shunday harakat bilan tahdid qilish yoki shunday harakatni amalga oshirganlikni tan olish yoxud soxta hayvonlarni qutqarish harakatlari aks etgan video tasvir; ogohlikni oshirish qoralash yoki tavba qilish kontekstida ulashilgan kontent bundan mustasno.
Mulkka zarar yetkazish
  • Vandalizm yoki o‘g‘irlikni (yozma, vizual yoki og‘zaki shaklda) muvofiqlashtirish, tahdid qilish, qo‘llab-quvvatlash yoki tan olish, quyidagi holatlar bundan mustasno:
    • Ogohlikni oshirish yoki qoralash,
    • Tavba qilish,
    • Toʻqima yoki sahnalashtirilgan holatda,
    • Oʻzi yoki boshqa shaxsni himoya qilish maqsadida tan olish
    • protest kontekstida vandalizm tasviri,
    • graffitini tasvirlash yoki
    • boshqalar tomonidan sodir etilgan vandalizm yoki oʻgʻirlik haqida ijobiy fikr bildirish.
Saylov natijalarini soxtalashtirish va/yoki aholini roʻyxatga olishdagi firibgarlik
  • Naqd pul, hadyalar, xizmatlar yoki boshqa moddiy mahsulotlar evaziga ovozlarni sotib olish yoki sotishni taklif qilish, qoralash, ogohlikni oshirish, yangilik sifatida yoritish yoki yumor yoxud satira shaklida ulashilgan hollar bundan mustasno.
  • Ovoz berishda (masalan, ikki marta ovoz berish yoki ovoz berish huquqingizni soxtalashtirish) yoki aholini ro‘yxatga olish jarayonida (masalan, demografik ma’lumotlarni yoki uy xo‘jaligingizda qancha odam borligini noto‘g‘ri ko‘rsatish) noqonuniy ishtirok etishni targ‘ib qilish, ko‘rsatmalar berish yoki aniq maqsadini namoyish etish, bundan qoralash, xabardorlikni oshirish, yangiliklarni yoritish yoki hazil yoki satirik kontekstlarda foydalanish mustasno.
Odamlarni kontent nomaqbul boʻlishi mumkinligidan xabardor qilish uchun quyidagi kontentga yorliq kiritiladi:
  • Aloqador xavflarni qoralash yoki ulardan xabardorlikni oshirish kontekstida ulashilgan tez ommalashuvchi xavfli chellenj aks etgan tasvirlar.
Quyidagi kontent turlarini faqat 18 yosh yoki undan kattalar koʻrishi mumkin qilib cheklaymiz:
  • Haydovchi yoki boshqalarga hayot uchun xavf tug‘diruvchi jarohatlar yoki o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli transport boshqaruvi shakllarini tasvirlovchi tasvirlar (agar ular badiiy yoki professional kontekstda taqdim etilgan bo‘lmasa).
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
Quyidagilar olib tashlanadi:
  • Oshkor qiluvchi kontent: biror insonning shaxsini oshkor qilish va ularni jismoniy zarar xavfi ostiga qoʻyish:
    • LGBTQIA+ aʼzolari
    • Roʻmolsiz ayollar
    • Jinsiy qilmish jinoyatchisi “Chaqish” operatsiyasi kontekstida sud tomonidan aybdor deb topilmagan shaxslar
    • Sud ishlarida ishtirok etayotgan shaxslar, agar ularning ishtirokini ommaga oshkor qilish cheklangan boʻlsa
    • Guvohlar, informatorlar, faollar, hibsga yoki garovga olingan shaxslar
    • Ishonchli hukumat kanali tomonidan xabar berilganida, qochoqlar
    • Qurolli toʻqnashuv sharoitida harbiy asirlar
  • Odamlarni oʻz manbasi haqida chalgʻitishi mumkin boʻlgan tasvirlar, agar:
    • Tasvirlangan tashkilot yoki vakolatli vakil bunday tasvirlarga eʼtiroz bildirsa; va
    • Tasvirning jamoatchilik vakillariga zarar yetkazish ehtimoli boʻlsa.
  • Quyidagi harakatlardan birini ragʻbatlantirish, bajarish niyatini bayon qilish yoki ular boʻyicha harakatga chaqirish:
    • Tez yordam mashinalari bloklanganligini tasdiqlangan boʻlsa yoki jamoatchilik tomonidan tasdiqlansa, birlamchi muhim xizmatlardan foydalanish imkoniyatini bloklash YOKI
    • Birlamchi muhim xizmatlardan foydalanish imkoniyatini bloklash yoki toʻsiqsiz oʻtish yoʻlini xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin boʻladigan tarzda toʻsib qoʻyish orqali biror shaxs yoki muayyan insonlar guruhini taʼqib qilish
  • Ovoz berish yoki aholini roʻyxatga olish jarayoniga xalaqit berish, jumladan:
    • Shaxslarning rasmiy saylov yoki aholini roʻyxatga olish jarayonida qatnashish imkoniyatiga taʼsir qiluvchi uyushgan xalaqit berish harakatiga chaqiruv.
    • Saylov yoki aholini roʻyxatga olishda ishtirok etish huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻllaniladigan salbiy oqibatlarga (masalan, qamoqqa olish, deport yoki ozodlikdan mahrum qilish) sabab boʻlishini taʼkidlaydigan bayonotlar.
    • Agar qoʻrqitish alomatlari boʻlsa, ovoz beruvchilar yoki saylov rasmiylari harakatlarini nazorat qilish yoki kuzatish uchun saylov oʻtkaziladigan joyga borish bilan tahdid qilish (qoʻrqitish alomatlariga quyidagilar misol boʻladi: “Ularga kim boshliq ekanini bir koʻrsatib qoʻyaylik!”, “Ularga urush kerakmi? Urushni boshlab beramiz”.).
    • Agar qoʻrqitish alomatlari boʻlsa, saylovdan keyingi faoliyat joyiga borish bilan tahdid qilish (qoʻrqitish alomatlariga quyidagilar misol boʻladi: “Ularga kim boshliq ekanini bir koʻrsatib qoʻyaylik!”, “Ularga urush kerakmi? Urushni boshlab beramiz”.).
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Uyushgan holda zarar yetkazish va jinoiy faoliyatni targʻib qilish yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring