Bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi, yalangʻoch badani tasviri va ularga shafqatsiz munosabatda boʻlish

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qiluvchi yoki xavf ostiga qoʻyuvchi kontent yoki harakatlar taqiqlanadi. Aniq-ravshan bolalar ekspluatatsiyasi holatidan xabar topsak, bu haqida Bedarak yoʻqolgan va ekspluatatsiya qilingan bolalar milliy markaziga (NCMEC) amaldagi qonunlarga muvofiq tarzda xabar beramiz. Baʼzida odamlar yaxshi niyatda oʻz farzandlarining yalangʻoch suratlarini ulashadi; biroq bu suratlar boshqalar tomonidan suiisteʼmol qilinishi mumkinligi sababli hamda boshqalar tomonidan takroran foydalanilishi yoki suratlar oʻzlashtirilishining oldini olish maqsadida odatda bunday suratlarni olib tashlaymiz.
Shuningdek, qoidalarimiz va ularning internetdagi xavfsizlikka oid muammolarga, ayniqsa, bolalarga nisbatan qoʻllanilishini muhokama qilish va takomillashtirish uchun tashqi ekspertlar, jumladan, Meta Xavfsizlik boʻyicha maslahat kengashi bilan hamkorlikda ish olib boramiz. Biz bolalar ekspluatatsiyasiga qarshi kurash uchun foydalanadigan texnologiyalar haqida batafsil.
Quyidagilarni joylash taqiqlanadi:
Bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi
Bolalarning (jumladan, real voyaga yetmaganlar, chaqaloqlar yoki endi yura boshlagan bolalar yoxud insonga oʻxshash noreal tasvirlar, masalan, sanʼatdagi, AI yaratgan kontent, badiiy qahramonlar, qoʻgʻirchoqlar va h.k.) jinsiy ekspluatatsiyasi aks etgan, maʼqullangan, dastaklangan, shunday ekspluatatsiya bilan tahdid qiluvchi, koʻrsatmalar bilan taʼminlovchi, shunday ekspluatatsiyada ishtirok etganlik tan olingan, ishtirok etish niyati bayon qilingan yoki bunday ekspluatatsiyaga havola taqdim etadigan kontent yoki harakatlar. Bu quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin faqat shular bilan cheklanmaydi:
  • Jinsiy aloqa
    • Ochiq jinsiy aloqa yoki oral jinsiy aloqa, kamida bir kishining jinsiy aʼzolari yoki anusi koʻringan holda ogʻiz yoki jinsiy aʼzolarning boshqa kishining jinsiy aʼzolari yoki anusiga kirishi yoki ular bilan kontakti sifatida taʼriflanadi.
    • Nazarda tutilgan jinsiy aloqa yoki oral jinsiy aloqa, jumladan, kontakt muqarrar boʻlgan yoki bevosita ochiq boʻlmagan hollarda.
    • Jinsiy aʼzolar yoki anus stimulyatsiyasi, jumladan, kontakt muqarrar boʻlgan yoki bevosita ochiq boʻlmagan hollarda.
    • Biror hayvon ishtirokida yuqoridagilardan biri.
  • Shahvoniy elementlar bilan tasvirlangan bolalar, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda:
    • Shahvoniy mahkamlagich va kishanlar
    • Shahvoniy qoʻzgʻalish belgilari
    • Jinsiy aʼzolar yoki anusga fokus qaratilishi
    • Shahvati qoʻzgʻalgan voyaga yetgan shaxsning mavjudligi
    • Jinsiy oʻyinchoqlarning mavjudligi yoki biror obyektdan jinsiy qoʻzgʻalish, jinsiy ehtiyojini qondirish yoki jinsiy zoʻravonlik uchun foydalanish.
    • Seksuallashtirilgan kostyum
    • Yechinish
    • Sahnalashtirilgan muhitda (masalan, yotoqda) yoki professional tarzda (sifat/fokus/burchaklar) olingan surat
    • Ochiq ogʻiz bilan oʻpishish
    • Inson koʻkragi uchlarini stimulyatsiya qilish yoki ayol koʻkraklarini siqish (bolani emizish kontekstidagi kontent bundan MUSTASNO)
    • Jinsiy faoliyatning ikkilamchi mahsulotlari mavjudligi
  • Shahvoniy fetish kontekstda bolalar ishtirokidagi kontent
  • Pedofiliyada ishtirok etishni dastaklovchi, targʻib qiluvchi, maʼqullovchi yoki ragʻbatlantiruvchi kontent, salomatlik nutayi nazaridan neytral muhokama qilingan hollar bundan mustasno
  • Bolalar jinsiy ekspluatatsiyasining taxmin qilingan qurbonlarini ismi yoki rasmi orqali shaxsini ochiqlaydigan yoki masxara qiladigan kontent
Nomaqbul taklif
Bolalar ishtirokidagi yoki tasvirlangan shahvoniy kontentni yoki harakatni taklif qiluvchi kontent, yaʼni:
  • Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik tasvirlangan material (CSAM)
  • Real yoki noreal bolalarning yalangʻoch tasviri
  • Real yoki noreal bolalarning seksuallashtirilgan tasviri
Bolalar bilan nomaqbul munosabatlar
Bolalar bilan nomaqbul munosabatlarni tashkil etuvchi yoki osonlashtiruvchi kontent, masalan:
  • Bolalar bilan real jinsiy kontaktlarni taklif qilish, tashkillashtirish yoki rejalashtirish
  • Oshkora ravishda yoki shaxsiy xabarlar orqali bolalarni jinsiy faoliyatga jalb qilish maqsadida shahvoniy suhbatlar olib borish yoki ularga jinsiy materiallarni taklif etish, ko‘rsatish, olish yoki so‘rash
  • Bolalar bilan shaxsiy yozishmada ochiq shahvoniy suhbat qilish
  • Bolalardan shaxsiy yozishmada shahvoniy materiallarni olish yoki soʻrash
Ekspluatatsiya qilinadigan intim tasvirlar va jinsiy tovlamachilik
Quyidagilar orqali haqiqiy bolalarni ekspluatatsiya qilishga urinuvchi kontent:
  • Haqiqiy yoki haqiqiy boʻlmagan intim tasvirlar yoki maʼlumotlarini oshkor qilish bilan tahdid qilish orqali pul, xizmat yoki intim tasvirlarni taqdim qilishga majburlash
  • Haqiqiy yoki haqiqiy boʻlmagan shaxsiy shahvoniy suhbat yoki intim tasvirlarni ulashish, ulashish bilan tahdid qilish yoki ulashish niyatini bildirish
Bolalarni seksuallashtirish
  • Real yoki noreal bolalarni seksuallashtiruvchi kontent (jumladan, surat, video, haqiqiy dunyodagi sanʼat asarlari, raqamli kontent va ogʻzaki tasvirlar)
  • Real yoki noreal bolalarni seksuallashtirishga qaratilgan guruh, sahifa va profillar
Bolalarning yalangʻoch tasviri
Real yoki noreal bolalarning yalangʻoch tasviri aks etgan kontent; bunda yalangʻochlik quyidagicha taʼriflanadi:
  • Real yoki noreal bolalar jinsiy aʼzolarining yaqindan olingan tasvirlari
  • Quyidagilar koʻrsatilgan haqiqiy yoki haqiqiy boʻlmagan yalangʻoch 1-3 yoshli bolalar:
    • Ochiq jinsiy aʼzolar, hatto shaffof kiyim bilan qoplangan yoki xiralashtirilgan boʻlsa ham
    • Ochiq anus va/yoki toʻliq yalangʻoch dumbaning yaqindan olingan tasviri
  • Quyidagilar koʻrsatilgan haqiqiy yoki haqiqiy boʻlmagan yalangʻoch voyaga yetmaganlar:
    • Ochiq jinsiy aʼzolar (jumladan, faqat qov tuklari yoki shaffof kiyim bilan qoplangan jinsiy aʼzolar)
    • Ochiq anus va/yoki toʻliq yalangʻoch dumbaning yaqindan olingan tasviri
    • Ochiq ayol koʻkragi uchlari
    • Boʻyindan tizzagacha kiyimsiz tasvir, hatto jinsiy aʼzolar yoki ayol koʻkragi uchlari koʻrsatilmagan boʻlsa ham
  • Agar haqiqiy boʻlmagan tasvir salomatlik maqsadlari uchun moʻljallanmagan yoki haqiqiy dunyo sanʼatidagi yalangʻoch bolaning shahvoniy boʻlmagan mazmundagi tasviri boʻlmasa
Bolalarga nisbatan nojinsiy zoʻravonlik
Ulashish maqsadidan qatʼi nazar, real yoki noreal bolaga nisbatan jinsiy boʻlmagan zoʻravonlik aks etgan videolar yoki rasmlar, tasvir haqiqiy dunyo sanʼati, multfilm, kino yoki video oʻyinlardan olingan hollar bundan mustasno
Bolalarga nisbatan nojinsiy zoʻravonlikni maʼqullaydigan, dastaklaydigan, targʻib qiladigan, yoqlaydigan yoki bolalarga nisbatan nojinsiy zoʻravonlik boʻyicha koʻrsatmalar bilan taʼminlaydigan yoxud shunday zoʻravonlikda ishtirok etishni ragʻbatlantiradigan kontent
Bolalarga nisbatan jinsiy ekspluatatsiya, zoʻravonlik va bolalarning yalangʻoch badani tasviri (CSEAN) qoidalarini buzuvchi hisoblarni olib tashlashdan tashqari, tekshiruvchilar va avtomatlashgan tizimlarimiz ehtimoliy istalmagan yoki xavfsiz munosabatlarning oldini olishga yordam beruvchi bir qator signallarni koʻrib chiqadi.
  • Biz voyaga yetganlar uchun ularning boshqa hisoblar bilan munosabatlari, qoidalarga zid kontentni qidirishi yoki bunday kontent bilan munosabatlari (masalan, layk bosishi yoki saqlash) yoxud qoidalarga zidligi sababli olib tashlangan hamjamiyatlardagi aʼzoligi (masalan, Guruhlar) asosida hisoblarni faolsizlantirishimiz yoki ayrim mahsulot va xususiyatlardan foydalanish imkoniyatini (masalan, muayyan boshqa hisoblarni kuzatish imkoniyati) cheklashimiz mumkin.
Quyidagi kontent uchun odamlarni kontent dilni xira qilishi mumkinligidan xabardor qilish maqsadida ogohlantirish ekrani kiritamiz va kontentni faqat 18 yosh va undan kattalar koʻra oladigan qilib cheklaymiz:
  • Bolalarga nisbatan nojinsiy zoʻravonlikni sodir etayotgan politsiya xodimi yoki harbiy xizmatchi aks etgan video yoki suratlar
  • Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bolalarni himoya qiluvchi organlar va xavfsizlik boʻyicha ishonchli hamkor bolani xavfsiz joyga qaytarish maqsadida kontentni platformada qoldirishimizni soʻrasa, bolalarga nisbatan nojinsiy zoʻravonlik aks etgan videolar va rasmlar
Odamlarni bezovta qilishi mumkinligidan xabardor qilish uchun quyidagi kontentga taʼsirlilik ekrani kiritiladi:
  • Diniy urf-odatlar doirasida bolani zoʻravonlik bilan suvda choʻktirish aks etgan video yoki suratlar
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
Odamlarni kontent taʼsirli boʻlishi mumkinligidan xabardor qilish uchun quyidagi kontentga ogohlantirish yorligʻi kiritiladi:
  • Ochlik, genotsid, urush jinoyatlari yoki insoniyatga qarshi jinoyatlar kontekstida bolalarning yalangʻoch badanini aks ettiruvchi axborot agentligi tomonidan joylashtirilgan tasvirlar (tahqirlovchi shart bilan yoki tahqirlovchi kontekstda ulashilgan hollar bundan mustasno, bunday hollarda kontent olib tashlanadi)
Hamkor axborot agentliklari, NNTlar yoki xavfsizlik boʻyicha boshqa ishonchli hamkorlar xabar qilsa, bolalarga nisbatan nojinsiy zoʻravonlik oqibatlari aks etgan tasvirlarni ham olib tashlaymiz.
Agar kontentda qurbonning shaxsini aniqlashi mumkin boʻlgan axborot boʻlsa, bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi qurboni ekani aytilayotgan kishilarning shaxsini ism va rasmdan boshqa usullar orqali aniqlovchi kontentni olib tashlashimiz mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlari, hukumat yoki ishonchli hamkor talabi bilan oddiy voyaga yetmagan shaxsning shaxsini oshkor qilish maqsadida yaratilgan kontentni yoki voyaga yetmagan shaxsning oʻzi yoki uning ota-onasi/qonuniy vasiyi tomonidan ustidan shikoyat qilingan kontentni olib tashlashimiz mumkin (agar ushbu voyaga yetmagan shaxsning xavfsizligiga tahdid mavjud boʻlsa)
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Maʼlumotlar
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishi haqida oxirgi hisobot koʻrish
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi, yalangʻoch badani tasviri va ularga shafqatsiz munosabatda boʻlish yuzasidan yordam
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring