Bezorilik va dilxiralik

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Bezorilik va dilxiralik koʻplab joylarda va koʻplab shakllarda sodir etiladi: shaxsni aniqlash mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan tahdid qilish va oshkor qilishdan tortib, tahdidli xabarlarni yuborish va istalmagan gʻarazli kontaktgacha. Biz bunday xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaymiz, chunki bu odamlarning Facebook, Threads va Instagramda oʻzini xavfsiz va hurmati saqlangan his qilishiga toʻsqinlik qiladi.
Biz taniqli shaxslar va oddiy shaxslarni bir-biridan ajratamiz, chunki muhokamaga ruxsat berishni xohlaymiz, muhokama esa odatda yangiliklarda chiqadigan yoki katta ommaviy auditoriyaga ega kishilarning tanqidiy sharhini oʻz ichiga oladi. Taniqli shaxslar uchun biz jiddiy hujumlarni, shuningdek, taniqli shaxs post yoki fikrda bevosita belgilangan muayyan hujumlarni oʻchiramiz. Taniqli shaxslar deganda davlat milliy darajadagi hukumat rasmiylari, shu lavozimlarga siyosiy nomzodlar, ijtimoiy tarmoqlarda bir milliondan ortiq muxlis yoki kuzatuvchiga ega odamlar va muhim yangiliklarni keng miqyosda yorituvchi odamlar tushuniladi.
Oddiy shaxslar uchun himoya siyosatimiz quyidagicha: kamsitish yoki sharmanda qilish uchun moʻljallangan kontentni, masalan, kimningdir jinsiy harakatlari haqidagi daʼvolarni olib tashlaymiz. Biz bezorilik va dilxiralik voyaga yetmaganlarga kuchliroq hissiy taʼsir oʻtkazishi mumkinligini eʼtirof etamiz, shu sababli siyosatlarimiz 18 yoshdan kichik shaxslarni, ularning holatidan qatʼi nazar, kuchaytirilgan himoya bilan taʼminlaydi.
Kontekst va maqsad ahamiyatga ega hamda biror materialning bezorilik va dilxiralikni qoralash yoki shu masalalarga eʼtibor qaratishga moʻljallangani aniq koʻrinib tursa, uning joylanishi va ulashilishiga ruxsat etiladi. Muayyan holatlarda kishilardan oʻzi haqida hisobot berish talab etiladi, chunki bu nishondagi shaxsning oʻzini bezorilik yoki taʼqibga uchragan his qilayotganini tushunishimizga yordam beradi. Bunda xatti-harakat va kontent haqida shikoyat qilishdan tashqari, odamlarni himoyalanish uchun platformalarimizda mavjud vositalardan foydalanishga chaqiramiz.
Shuningdek, Bezorlik profilaktikasi markazi ham mavjud boʻlib, u bezorilik va boshqa ziddiyatlarga oid muammolar yuzasidan yordam istaydigan oʻsmirlar, ota-onalar hamda pedagoglar uchun manba hisoblanadi. U bezorilik haqida muhim suhbatlarni qanday boshlash haqida maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qadamma-qadam koʻrsatmalarni taklif qiladi. Insonlarni bezorilik va dilxiralikdan himoya qilishga qaratilgan saʼy-harakatlarimiz haqida bu yerda batafsil maʼlumot oling.
Eslatma: Ushbu siyosat Xavfli shaxslar va tashkilotlar siyosatiga muvofiq belgilangan tashkilotlar tarkibiga kiruvchi yoki 1900-yildan oldin vafot etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
1-daraja: Barcha uchun universal himoya:
  • Barcha quyidagilardan himoyalanadi:
    • Quyidagi xususiyatlarga ega istalmagan kontakt/aloqa:
      • Takroriy yoki
      • Jinsiy shilqimlik qiluvchi yoki
      • Oldindan rozilik olmasdan koʻp sonli shaxslarga yoʻnaltirilgan.
    • Aniq bir shaxs yoki shaxslar guruhini oʻzini shikastlash yoki oʻz joniga qasd qilishga chaqiradi.
    • Jinsiy tajovuz, jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy shilqimlik yoki maishiy zoʻravonlik tajribasi asosida biror kishiga hujum qiladi.
    • Jinsiy faoliyat bilan shugʻullanish niyatini bayon etish yoki jinsiy faoliyat bilan shugʻullanishga chaqirish.
    • Keskin shahvoniy sharhlar.
    • Kamsituvchi shahvoniy fotoshop yoki chizmalar
    • Jinsiy faoliyatga oid haqoratli soʻzlar (masalan, fohisha, jalab) bilan biror kimga hujum qilish.
    • Zoʻravonlik oqibatidagi fojia sodir boʻlmagani haqidagi daʼvolar.
    • Odamlar zoʻravonlik oqibatidagi fojia yoki terrorchilik hujumi qurboni ekanini aytib aldayotgani haqidagi daʼvolar, jumladan, ularni quyidagicha daʼvolar:
      • Ular oʻzini muayyan hodisa qurboni sifatida tutyapti yoki koʻrsatyapti yoxud
      • Ular sodir etilgan hodisadagi rollari haqida odamlarni chalgʻitish uchun yollangan yoki haq olgan.
  • Biror jismoniy shaxsning shaxsiy telefon raqami, yashash manzili, email manzili yoki tibbiy maʼlumotlarini oshkor etish bilan tahdid qilish (Maxfiylikka oid qoidabuzarliklar siyosatida belgilangani kabi).
  • Bezorilik va/yoki dilxiralik harakatlarini bajarishga chaqirish yoki ularda ishtirok etish niyatini bayon qilish.
  • Hayz koʻrish, siyish, qayt qilish yoki hojatini chiqarish vaqtida yoki bu jarayonlardan keyin tasvirlangan shaxslarni kamsituvchi yoki ularga nisbatan jirkanish hissini ifodalovchi kontent.
  • Barcha quyidagilardan himoya qilinadi, lekin bular voyaga yetgan taniqli shaxslarga qasddan qaratilgan boʻlishi lozim:
    • Boshqaga oʻlim tilash yoki uning biror kasallikni yuqtirib olishi yoki kasallikka yoʻliqishini tilovchi bayonotlar.
    • Oʻlim yoki kasallikni nishonlash yoki masxara qilish.
    • Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar borligi haqida daʼvolar.
    • Jismoniy koʻrinish jihatidan norasolik haqidagi bayonotlar.
2-daraja: Barcha voyaga yetmaganlar, oddiy voyaga yetganlar va cheklangan doiradagi taniqli shaxslar (masalan, mashhurligi asosan faolligi, jurnalistikasi bilan cheklangan yoki oʻzi xohlamagan usulda mashhur boʻlganlar) uchun qoʻshimcha himoya vositalari:
  • Barcha uchun universal himoya choralaridan tashqari, barcha voyaga yetmaganlar (oddiy shaxslar va taniqli shaxslar), oddiy voyaga yetganlar va cheklangan doiradagi taniqli shaxslar quyidagilardan himoyalanadi:
  • Barcha voyaga yetmaganlar (oddiy shaxslar va taniqli shaxslar), oddiy voyaga yetganlar va cheklangan doiradagi taniqli shaxslar quyidagilardan himoyalangan, lekin bular voyaga yetmagan taniqli shaxslarga qasddan qaratilgan boʻlishi lozim:
    • Quyidagilarga yoki ular haqida insonni tahqirlovchi taqqoslamalar (yozma yoki vizual shaklda):
      • Hayvonlar va hasharotlar, jumladan, madaniy jihatdan past darajadali deb qaraluvchi inson boʻlmagan jonzotlar.
      • Bakteriya, virus, mikrob va kasalliklar.
      • Jonsiz buyumlar, jumladan, chiqindi, ifloslik, axlat.
  • Muayyan jismoniy xususiyatni (burun, quloq va h.k.) ajratib belgilash, aylana bilan belgilash yoki unga boshqacha tarzda salbiy jihatdan eʼtiborni tortish maqsadida manipulyatsiya qilingan kontent.
  • Jismoniy koʻrinish yoki xarakter xususiyatlari asosida ularni tabaqalovchi kontent.
  • Jismoniy zoʻravonlik qurboni boʻlganligi tasvirlangan shaxslarni kamsituvchi kontent (jangari sport kontekstidagi kontent bundan mustasno).
3-daraja: Odatiy voyaga yetmaganlar, oddiy voyaga yetganlar va oʻzi istamagan holda taniqli shaxsga aylangan voyaga yetmaganlar uchun qoʻshimcha himoya choralari:
  • Yuqorida sanalgan barcha himoya choralaridan tashqari, oddiy voyaga yetmaganlar, oddiy voyaga yetganlar va oʻzi istamagan holda taniqli shaxsga aylangan voyaga yetmaganlar quyidagilardan himoya qilinadi:
    • Muayyan shaxsga qaratilgan haqorat.
    • Ishqiy munosabatlar, jinsiy oriyentatsiya yoki jinsiy mansublik haqidagi daʼvolar.
    • Chetlatishni oqlaydigan yoki dastaklaydigan bayonotlar, ilhomlantiruvchi yoki shartli bayonotlar, niyatni bayon qilish yoki harakatga chaqirish.
    • Salbiy xarakter yoki qobiliyat haqidagi daʼvolar, kattalarga nisbatan jinoiy ayblovlar va biznes sharhlari bundan mustasno.
    • Nafrat, jirkanish hissini ifoda qilish yoki biror shaxsning mavjudligini inkor qiluvchi kontent, voyaga yetganlarga nisbatan jinoiy ayblovlar kontekstidagi ifodalar bundan mustasno.
  • Oʻzlari xabar berganida, oddiy voyaga yetmaganlar, oddiy voyaga yetganlar va oʻzi istamagan holda taniqli shaxsga aylangan voyaga yetmaganlar quyidagilardan himoya qilinadi:
    • Birinchi shaxs nomidan ovozli haqorat qilish.
    • Istalmagan manipulyatsiya qilingan tasvirlar.
    • Jismoniy koʻrinishi asosida boshqa taniqli, toʻqima yoki oddiy odamlarga qiyoslash.
    • Diniy mansublik yoki kofirlik haqidagi daʼvolar.
    • Madaniy nuqtayi nazardan aqliy yoki jismoniy jihatdan past deb qabul qilinmagan hayvon yoki hasharotlarga (“yoʻlbars”, “sher”) qiyoslash.
    • Neytral yoki ijobiy jismoniy tavsiflar.
    • Salbiy boʻlmagan xarakter yoki qobiliyat haqidagi daʼvolar.
    • Jinsiy faollikning yetishmasligiga oid kamsituvchi atamalar bilan hujum qilish.
4-daraja: Voyaga yetmagan oddiy shaxslar uchun qoʻshimcha himoya vositalari:
  • Siyosatimizga koʻra, voyaga yetmaganlar eng koʻp himoya qilinadi. Yuqorida sanalgan barcha himoya vositalaridan tashqari, oddiy voyaga yetmaganlar quyidagilardan ham himoya qilinadi:
    • Jinoyat yoki noqonuniy xatti-harakatlar haqidagi ayblovlar.
    • Istalgan kontekstda ulashilgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik.
    • Ayol jinsini soʻkishga aloqador kamsituvchi atamalar.
Sahifalar, guruhlar, tadbirlar va xabarlar orqali bezorilik va dilxiralik
  • 1-4-darajalardagi himoya vositalari sahifalar, guruhlar, tadbirlar va xabarlarga ham tatbiq etiladi.
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
Quyidagilar taqiqlanadi:
  • Istalmagan sahifa, guruh va tadbirlar orqali oddiy shaxslarni nishonga oladigan kontentni joylash. Nishondagi shaxs yoki uning vakolatli vakili tomonidan shikoyat qilinganda bunday kontentni olib tashlaymiz.
  • Jabrlanuvchining kontent haqida shikoyat qilishini talab qiladigan yoki post bevosita jabrlanuvchiga qaratilganini koʻrsatuvchi (masalan: jabrlanuvchi post yoki fikrda belgilangan) yuqorida tasvirlangan kontentni joylash. Jabrlanuvchi yoki uning (tirik yoki vafot etgan) vakolatli vakili bu istalmagan kontent ekanini tasdiqlasa, ushbu kontent olib tashlanadi.
  • Qoidalarimizga koʻra, bezorilik va dilxiralik sifatida malakalanadigan xatti-harakatlarda ishtirok etishga chaqiradigan yoki ularda Ishtirok etish niyatini bayon qiladigan kontentni joylash. Agar jabrlanuvchi yoki uning vakolatli vakili bu istalmagan kontent ekanini tasdiqlasa, ushbu kontent olib tashlanadi.
  • Taniqli shaxsni seksuallashtiruvchi kontent. Agar jabrlanuvchi yoki uning vakolatli vakili bu istalmagan kontent ekanini tasdiqlasa, ushbu kontent olib tashlanadi.
  • Qabul qiluvchiga shahvoniy jihatdan tajovuz qiluvchi istalmagan aloqa. Agar qabul qiluvchi yoki uning vakolatli vakili bu istalmagan kontent ekanini tasdiqlasa, istalmagan kontekstda ulashilgan ushbu kontent olib tashlanadi.
  • Quyidagi hollarda muayyan shaxslarga qaratilgan ommaviy tazyiqni olib tashlash:
    • “Real hayotda zarar koʻrish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar”ni har qanday sahifa orqali nishonga olish; bunday shaxslarga quyidagilar kiradi:
      • Inson huquqlari himoyachilari
      • Voyaga yetmaganlar
      • Zoʻravonlik hodisalari/fojialarining qurbonlari
      • Saylovlar davrida xavfli davlatlarda muxolifat vakillari
      • Saylov rasmiylari
      • Dissidentlik maqomiga koʻra nishonga olingan hukumat dissidentlari
      • Ziddiyatli hududlardagi etnik yoki diniy ozchilikni tashkil qiluvchi qatlam
      • Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki xavf ostidagi guruh aʼzosi
    • Quyidagilar yordamida shaxsiy sahifa, masalan, kiruvchi xabarlar yoki profillar orqali biror shaxsni nishonga olish:
      • Jismoniy shaxslar uchun bezorilik va dilxiralikka oid qoidalarni buzuvchi kontent yoki,
      • Himoyalangan xususiyatga asoslangan nomaqbul kontent
  • Quyidagilar doirasida ommaviy tazyiqda Ishtirok etgan hisoblarni faolsizlantirish
    • Har qanday sahifa orqali davlat yoki davlatga aloqador tarmoqlarning jismoniy shaxslarni nishonga olishi.
    • Raqib tarmoqlarning quyidagilar yordamida har qanday sahifa orqali biror jismoniy shaxsni nishonga olishi:
      • Jismoniy shaxslar uchun bezorilik va dilxiralikka oid qoidalarni buzuvchi kontent yoki,
      • Himoyalangan xususiyatlar asosida ularga qaratilgan kontent yoki
      • Mahalliy kontekstda boshqacha shaklda nomaqbul deb hisoblanadigan kontent yoki xatti-harakat
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Maʼlumotlar
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishi haqida oxirgi hisobot koʻrish
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Bezorilik va dilxiralik yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring