Voyaga yetganlarning jinsiy ekspluatatsiyasi

Qoidalar haqida batafsil

OʻZGARISHLAR JURNALI
Qoida asosnomasi
Biz xizmatlarimizning jinsiy zoʻravonlik va jinsiy ekspluatatsiyani muhokama qilish va bu masalalarga eʼtiborni jalb qilish joyi sifatida muhimligini eʼtirof etamiz. Biz bu umumiy ishonch va hamjamiyatni shakllantirish jarayonining muhim qismi deb hisoblaymiz. Ushbu suhbat uchun sharoit yaratish va xavfsiz muhitni targʻib qilish maqsadida jabrlanuvchilarga oʻz tajribasi bilan boʻlishish imkoni beriladi, biroq jinsiy zoʻravonlik, jinsiy tajovuz yoki jinsiy ekspluatatsiyani aks ettirgan, targʻib qiladigan yoki shunday harakatlar bilan tahdid qiladigan kontent olib tashlanadi. Shuningdek, rozilikka asoslanmagan jinsiy harakatlarning sodir etilishiga sharoit yaratishning oldini olish maqsadida tomonlarning oʻzaro roziligiga asoslanmagan jinsiy harakatlarni namoyish qiladigan, targʻib qiladigan yoki muvofiqlashtiradigan kontent ham olib tashlanadi. Bundan tashqari, jinsiy zoʻravonlik bilan tahdid qiladigan yoki uni yoqlaydigan qandaydir kontentdan xabar topsak, bu kontentni olib tashlashdan tashqari, uni joylagan hisobni faolsizlantirishimiz va huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlashimiz mumkin.
Bunday holatlardan omon qolganlarni himoya qilish maqsadida jinsiy zoʻravonlik holatlari va intim tasvirlarni aks ettiruvchi hamda tasvirdagi kishi(lar)ning roziligisiz ulashilgan rasmlar ham olib tashlanadi. Kirish qismida qayd etilganidek, qoidalarimizni muhokama qilish va yaxshilash hamda internetda xavfsizlik masalalariga nisbatan ularga rioya etilishini taʼminlash maqsadida tashqi xavfsizlik ekspertlari bilan birga ishlaymiz, shuningdek, bizga biror kontent zararli harakatga aloqador ekani haqida maʼlumot kelib tushsa, bu kontentni olib tashlaymiz. Biz rozilikka asoslanmagan intim tasvirlardan himoya qilishda foydalaniladigan texnologiyalar va ishimiz asosini tashkil etuvchi tadqiqotlar haqida yozdik. Shuningdek, biz Meta ruxsatisiz ulashilgan tahdidlar va intim tasvirlar haqida xabar berish uchun resurslarni birlashtirdik, bu esa odamlarning intim tasvirlari internetda tarqalishining oldini oladi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
Roziliksiz shahvoniy teginishni aks ettiruvchi, oqlovchi yoki masxara qiluvchi kontent, jumladan:
  • Roziliksiz shahvoniy teginish aks etgan tasvirlar (real boʻlmagan insonlar tasvirlangan, qoralaydigan yoki neytral izohga ega haqiqiy dunyo sanʼati bundan mustasno
  • Roziliksiz shahvoniy teginish aks etgan tasvirlarni ulashishga urinuvchi yoki ulashish bilan tahdid qiluvchi, taklif qiluvchi yoki soʻrovchi bayonotlar
  • Roziliksiz shahvoniy teginish tavsiflari (bunday qilish nishoni boʻlgan shaxs tomonidan yoki uni qoʻllab-quvvatlash uchun ulashilgan holatlar bundan mustasno)
  • Roziliksiz shahvoniy teginishga targʻib qilish (jumladan, xohish bildirish va shartli bayonotlar), shunday qilmishni sodir etish bilan tahdid qilish yoki shunday qilmishni sodir etganlikni tan olish
  • Roziliksiz shahvoniy teginish tushunchasi yoki jabrlanuvchilarini masxara qiluvchi kontent
  • Jinsiy tajovuzdan omon qolganning oʻzi shikoyat qilsa, uchinchi tomon tarafidan ulashilgan jinsiy tajovuzdan omon qolganlarning shaxsini tanitadigan kontent
Quyidagilar orqali insonlarni ekspluatatsiya qilishga urinuvchi kontent, faoliyat yoki munosabatlar:
  • Odamlarning intim tasvirlar yoki intim maʼlumotlarini oshkor qilish bilan tahdid qilish orqali ularni pul, xizmat yoki intim tasvirlarni taqdim qilishga majburlash (jinsiy tovlamachilik)
  • Quyidagi uchta shartning barchasiga mos keluvchi roziliksiz chiqarilgan intim tasvirlarni (NCII) ulashish, ulashish bilan tahdid qilish, ulashish niyatini bayon qilish, taklif qilish yoki soʻrash:
    • Suratlar/tasvirlar tijoriy boʻlmagan maqsadda va shaxsiy muhitda yaratilgan.
    • Tasvirdagi shaxs (deyarli) yalangʻoch, jinsiy faoliyat bilan mashgʻul yoki jinsiy maʼnoni ifodalovchi holatda (bunga raqamli tarzda yaratilgan yoki AI yordamida yaratilgan tasvirlar ham kiradi).
    • Quyidagi ishoralarning birortasi orqali suratni ulashishga rozilikning yoʻqligi koʻrsatilgan:
      • Qasoskor kontekst (masalan, izoh, fikrlar yoki sahifa sarlavhasi).
      • Huquqni muhofaza qilish organlari yozuvlari, ommaviy axborot vositalari xabarlari (masalan, OAV tomonidan tasdiqlangan tasvirlarning sizishi) yoki NCII jabrlanuvchisi vakillari kabi mustaqil manbalar
      • Tasvirda aks etgan shaxs yoki tasvirdagi shaxsning ismi bilan bir xil ismga ega shaxs tomonidan qilingan shikoyat.
  • Ilovalar yoki xizmatlar (shu jumladan AI) orqali NCII yoki oʻpishish aks etgan tasvirlar yaratishni targ‘ib qilish, ulashish bilan tahdid qilish yoki taklif qilish, shuningdek bunday tasvirlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish – hatto kontentda tijoriy yoki notijoriy tasvirlar ulashilmagan bo‘lsa ham (ba’zan “yalangʻoch qiluvchi” ilovalar yoki “AI kissing” ilovalari deb ham ataladi).
  • Shaxsning koʻpincha jinsiy aloqaga bogʻliq deb hisoblangan tana qismlari (masalan, koʻkraklar, chov, dumba yoki sonlar)ga qaratilgan, shahvoniy holatdagi shaxsni yoki jinsiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan odamni aks ettiruvchi yashirin olingan tijoratga oid boʻlmagan tasvirlarni, tasvirda aks ettirilgan shaxsni masxara qilish, shahvoniylashtirish yoki shaxsini fosh etish maqsadida tarqatish. Ushbu tasvirlar koʻpincha “yashirin suratlar” yoki “pastdan yashirincha olingan suratlar” deb ataladi.
  • Shaxsiy shahvoniy suhbatlarni ulashish, ulashish bilan tahdid qilish yoki ulashish niyatini bildirish, agar ulashishga rozilikning yoʻqligi quyidagilardan biri orqali koʻrsatilsa:
    • Qasoskor kontekst va/yoki tahdid qiluvchi kontekst,
    • Ommaviy axborot vositalarida yoritish yoki huquqni muhofaza qilish organlari yozuvlari kabi mustaqil manbalar yoki
    • Tasvirda aks etgan shaxs yoki tasvirdagi shaxsning ismi bilan bir xil ismga ega shaxs tomonidan qilingan shikoyat
Nekrofiliya yoki majburan yechintirishni, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga olgan kontent:
  • Nekrofiliya yoki majburan yechintirish aks etgan tasvirlar (real boʻlmagan insonlar tasvirlangan, qoralaydigan yoki neytral izohga ega haqiqiy dunyo sanʼati bundan mustasno
  • Nekrofiliya yoki majburan yechintirish tasvirlarini ulashishga urinuvchi, taklif qiluvchi, soʻrovchi yoki ulashish bilan tahdid qiluvchi bayonotlar
  • Nekrofiliya yoki majburan yechintirishga targʻib qilish, bunga xohish bildirish va shartli bayonotlar, shunday qilmishni sodir etish niyati bayoni yoki sodir etishga chaqiruvlar, shunday qilmishni sodir etganlikni tan olishni oʻz ichiga olgan bayonotlar yoki nekrofiliya yoki majburan yechintirish jabrlanuvchilarini masxara qiluvchi bayonotlar
Odamlarni bezovta qilishi mumkinligidan xabardor qilish uchun quyidagi kontentga taʼsirlilik ekrani kiritiladi:
Qilmishni tilga olish yoki zikr qilishdan tashqari, tafsilotlarni ham oʻz ichiga olgan roziliksiz shahvoniy teginish harakatining taʼrifidan iborat hikoya yoki bayonlar (yoza yoki ogʻzaki), agar ular:
  • Jabrlanuvchi tomonidan ulashilgan boʻlsa yoki
  • Jabrlanuvchini dastaklash yoki qilmishni qoralash yoki umumiy ogohlik maqsadida (kontekst/izohga qarab aniqlanadi) uchinchi tomon (jabrlanuvchidan boshqa shaxs) tarafidan ulashilgan boʻlsa.
Hamjamiyat qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida biz qoʻshimcha maʼlumot va/yoki kontekst talab qilamiz:
Biz muayyan kontent, jumladan, quyidagilarning 18 yoshdan oshgan shaxslarga ochiqligini cheklashimiz va unga ogohlantirish yorligʻini biriktirishimiz mumkin:
  • Ushbu holatlarda roziliksiz shahvoniy teginish aks etgan kontent:
    • Ogohlikni oshirish maqsadida (oʻyin-kulgi yoki shov-shuvli kontekstsiz) ulashilsa,
    • Jabrlanuvchining shaxsini aniqlash imkonsiz boʻlsa va
    • Kontentda yalangʻoch badan tasviri boʻlmasa
  • Agar ishonchli hamkorlar tomonidan ogohlikni oshirish maqsadida ulashilsa va hayajonli kontekstsiz boʻlsa, roziliksiz shahvoniy teginish haqidagi toʻqima kontent (film, treyler va h.k.)
Agar ogohlikni oshirish maqsadida va oʻyin-kulgi yoki shov-shuvli kontekstsiz ulashilgan, qurbon yoki omon qolgan kishining shaxsini aniqlash imkonsiz boʻlsa va kontentda yalangʻoch badan tasviri boʻlmasa, roziliksiz shahvoniy teginish aks etgan muayyan kontentning 18 yoshdan oshgan shaxslarga ochiqligini cheklashimiz va unga ogohlantirish yorligʻini biriktirishimiz mumkin.
Nomusga tegish yoki roziliksiz shahvoniy teginish bilan tahdid qiluvchi yoki bunday qilmishlarni targʻib qiluvchi kontentni olib tashlash siyosatimizga qoʻshimcha ravishda bu kabi kontentni joylaydigan hisobni faolsizlantirishimiz ham mumkin.
Shuningdek, agar vakolatli vakil yoki ishonchli vakil shikoyat qilsa, uchinchi tomon tarafidan ulashilgan jinsiy tajovuzdan omon qolganlarning shaxsini tanitadigan kontentga nisbatan ham chora koʻrishimiz mumkin.
Foydalanuvchi tajribasi
Facebookda odamlar uchun qoidalar ijrosini taʼminlash (jumladan: Facebookda mavjud boʻlmasligi kerak deb oʻylagan kontentingiz haqida xabar berish, sizga Hamjamiyatimiz qoidalarini buzganligingiz haqida xabar berish va muayyan kontent ustida ogohlantirish ekranini koʻrish) qay koʻrinishda amalga oshirilishi haqida ayrim misollar bilan tanishing.
Eslatma: Biz qoidalarimizni muntazam ravishda takomillashtirib boramiz, shu sababli bu yerda tasvirlangan qoidalar biz hozirda foydalanadigan qoidalar bilan taqqoslaganda biroz eskirgan boʻlishi mumkin.
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Shikoyat qilish
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Xabar berilgandan keyingi muloqot
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Kontentni oʻchirish jarayoni
FOYDALANUVCHI TAJRIBASI
Ogohlantirish ekranlari
Qoidalarning tatbiq qilinishi
Facebookdagi barchaga butun dunyoda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bir xil qoidalar amal qiladi.
Tekshiruv jamoalari
15 000 dan ortiq tekshiruvchilardan iborat global jamoamiz Facebookda insonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun har kuni mehnat qiladi.
Manfaatdor tomonlarning ishtiroki
Tashqi ekspertlar, olimlar, NNT va siyosatchilar insonlarni Facebook Hamjamiyat qoidalaridan xabardor qilishda yordam beradi.
Kattalarning jinsiy ekspluatatsiyasi yuzasidan yordam olish
Facebookda Hamjamiyat qoidalariga zid kontentga duch kelganda nimalar qilishingiz mumkinligi haqida batafsil.
Yordam markazimizga tashrif buyuring