Hamjamiyat qoidalari

Hamjamiyat qoidalari Facebook, Instagram, Messenger, Threadsda nimalarga ruxsat etilishi va nimalar taqiqlanishini tasvirlaydi.
Kirish
Qoidalarimiz hamjamiyat aʼzolarining fikr-mulohazalari hamda texnologiyalar, jamoat xavfsizligi va inson huquqlari kabi sohalardagi ekspertlarining maslahatiga asoslangan. Har bir kishining fikri hisobga olinishini taʼminlash maqsadida biz turli qarashlar va eʼtiqodlarni, xususan, eʼtiborsiz qolishi yoki ahamiyatsiz deb qabul qilinishi mumkin boʻlgan kishilar va hamjamiyatlarning qarash va eʼtiqodlarini oʻz ichiga olgan qoidalarni ishlab chiqishga katta eʼtibor qaratamiz.
Har kuni odamlar oʻz tajribasini ulashish, doʻstlari va oilasi bilan muloqot qilish va hamjamiyatlarni shakllantirish uchun Facebook, Instagram, Messenger va Threads'dan foydalanadi. Bizning xizmatlarimiz milliardlab odamlarga turli mamlakatlar va madaniyatlar va o‘nlab tillarda o‘zlarini erkin ifoda etish imkonini beradi.
Meta Facebook, Instagram, Messenger va Threads odamlar o‘zlarini erkin muloqot qilishga qodir his qiladigan joylar bo‘lishi naqadar muhimligini anglaydi va biz xizmatlarimizda suiiste’mollikning oldini olish vazifasiga jiddiy e’tibor qaratamiz. Shu sababli bu xizmatlarda nimalar taqiqlanishi va nimalarga ruxsat etilishi haqida qoidalar ishlab chiqdik.
Yodda tuting, eng yangi qoidalar toʻplami Hamjamiyat qoidalarining ingliz tilidagi (AQSH) versiyasida aks etadi va shu versiya bosh hujjat sifatida ishlatilishi kerak.
Fikr bildirish imkoniyatini taʼminlash majburiyatimiz
Hamjamiyatimiz qoidalarining maqsadi – odamlarga oʻz fikrini bildirish va ifoda etish imkonini beruvchi makon yaratishdir. Meta insonlarning, yozma fikr, rasmlar, musiqa yoki boshqa ijod vositasi orqali boʻlishidan qatʼi nazar, oʻzlari uchun muhim masalalar haqida erkin gapira olishini xohlaydi, hatto ayrimlar ularga qoʻshilmasligi yoki xushlamasligi mumkin boʻlsa ham. Ayrim hollarda, agar kontent jamoatchilik eʼtiboriga havola qilishga loyiq va jamoatchilik manfaati uchun bo‘lsa, qoidalarimizga zid keladigan kontentga ruxsat beramiz. Bunday qilishdan oldin, albatta, jamoatchilik manfaatlari qiymati va zarar yetkazilish xavfini solishtiramiz hamda bunday qarorlarni qabul qilishda xalqaro inson huquqlari standartlariga tayanamiz. Boshqa holatlarda, agar qoʻshimcha kontekst kontentning qoidalarga zid ekanini oqilona tarzda tushunish imkonini bersa, noaniq va nazarda tutuvchi tildan foydalangan bunday kontentni olib tashlashimiz mumkin.
Fikrni ifoda etish imkoniyatini taʼminlash majburiyatimiz ustuvor ahamiyatga ega, lekin internet suiisteʼmol uchun yangi imkoniyatlarni yaratayotganini ham tushunamiz. Shu sababli, agar fikrni ifoda etishni cheklasak, buni quyidagi qadriyatlarning biri yoki bir nechtasi tufayli amalga oshiramiz:
HAQIQIYLIK
Biz odamlar koʻradigan kontent haqiqiy boʻlishiga ishonch hosil qilishni xohlaymiz. Haqiqiylik ulashish uchun yaxshiroq muhit yaratadi, deb hisoblaymiz va shuning uchun xizmatlarimizdan foydalanuvchilarning kimligi yoki nima qilayotganini noto‘g‘ri ko‘rsatishini xohlamaymiz.
XAVFSIZLIK
Biz Facebook, Instagram, Messenger va Threads’ni xavfsiz joylarga aylantirishga intilamiz. Insonlarning jismoniy xavfsizligiga zarar yetkazish xavfiga hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan kontent olib tashlanadi. Boshqalarga tahdid qiladigan kontent odamlarni qoʻrqitishi, istisno qilishi yoki sukut saqlashga majbur qilishi mumkin, shu sababli xizmatlarimizda bunday kontent taqiqlanadi.
MAXFIYLIK
Biz shaxsiy hayot daxlsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishga intilamiz. Maxfiylik insonlarga asli kabi boʻlish va xizmatlarimizda maʼlumotlarni qanday va qachon ulashish haqida qaror qilish erkinligini beradi hamda muloqotni osonlashtiradi.
QADR-QIMMAT
Biz qadr-qimmat va huquqlar borasida barcha odamlar teng, deb hisoblaymiz. Biz odamlardan boshqalarning qadr-qimmatini hurmat qilishi va boshqalarni kamsitmasligi yoki ularga tazyiq oʻtkazmasligini kutamiz.
Hamjamiyat qoidalari
Hamjamiyatimiz qoidalarni barchaga, butun dunyo boʻylab va kontentning barcha turlari, jumladan, AI yaratgan kontentga nisbatan amal qiladi.
Hamjamiyat qoidalarining har bir boʻlimi qoidaning maqsadlari belgilangan “Qoida asosnomasi” bilan boshlanadi va unda quyidagilar bayon qilingan aniq qoida satrlari keltiriladi:
Taqiqlangan kontent; va
Chora koʻrish uchun qoʻshimcha maʼlumot yoki kontekst talab etiladigan kontent, ogohlantirish ekrani biriktirilgan ruxsat etilgan kontent yoki faqat 18 yosh va undan kattalar koʻra oladigan ruxsat etilgan kontent.