Meta insonlarga oʻz fikrini bildirish uchun imkoniyat yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlashga intiladi.
2016-yildan beri Meta texnologiyalarida kontentni boshqarish uchun "olib tashlash, kamaytirish, xabar berish" nomli strategiyadan foydalandik.
Bu siyosatlarimizga zid boʻlgan zararli kontentni olib tashlashimiz, siyosatlarimizni buzmaydigan muammoli kontent tarqalishini qisqartirishimiz va odamlar nimani bosish, oʻqish yoki ulashish haqida qaror qilishi uchun ularni qoʻshimcha kontekst bilan xabardor qilishimizni anglatadi.
Texnologiyalarimizda nimaga ruxsat etilishi va nima taqiqlanishini tasvirlovchi qoidalarimiz mavjud va ular ushbu strategiyani amalga tatbiq etishga yordam beradi. Jamoalarimiz siyosatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun birgalikda ishlaydi. Bu quyidagicha ishlaydi.
1
Biz qoidalarni ishlab chiqish va yangilash uchun texnologiya, jamoat xavfsizligi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik qilamiz.
2
Biz odamlar kontent haqida shikoyat qilish va uni bloklash, hisoblarni berkitish yoki kuzatishni toʻxtatish imkoniga ega boʻlishi uchun xavfsizlik funksiyalarini ishlab chiqamiz.
3
Texnologiya va inson tekshiruvi yordamida qoidalarga rioya etilishini taʼminlaymiz.
Siyosat, ijro va shaffoflik hisobotlarini ulashish orqali odamlarni xavfsiz saqlaymiz va bizdan javobgarlikni talab qilish imkonini beramiz.
Qoidalarimiz
Qoidalar Meta texnologiyalarida nimaga ruxsat berilishi va nima taqiqlanishini belgilaydi. Agar kontent qoidalarni buzsa, unga nisbatan chora koʻriladi.
Qoidalarga rioya etilishini taʼminlash
Har kuni Facebook va Instagramda millionlab kontentni aniqlash, tekshirish va ularga nisbatan chora koʻrish uchun texnologiya va tekshiruv jamoalaridan foydalanamiz.
Shaffoflik hisobotlari
Biz qoidalarga rioya qilinishini taʼminlash borasida qanday ishlarni amalga oshirayotganimizni odamlarga koʻrsatib berish uchun muntazam ravishda shaffoflik hisobotlarini chop etamiz.
Reytingni tushuntirishdagi yondashuvimiz
Sunʼiy intellekt (AI) tizimlari Facebook Tasmasini koʻrish, Instagramda Reels tomosha qilish yoki Facebook Marketplaceʼni varaqlash kabi Meta mahsulotlaridagi koʻplab tajribalar uchun kontent reytingi haqida xabar beradi.
Oxirgi yangilanishlar